Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Korea Open». Taekvondochilarimizdan ketma-ket uchta medal!

«Korea Open». Taekvondochilarimizdan ketma-ket uchta medal!

Baho:
+ | -

Janubiy Koreyaning Jeju shahrida taekvondo WTF bo‘yicha "Korea Open" reyting musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 55 mamlakatdan 1400 nafar sportchi ishtirok etmoqda. E’tiborlisi, musobaqaning bugungi kuni sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechmoqda.

Bahslarda -49kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Madina Mannopova musobaqa davomida Qozog‘iston (13:10), Janubiy Koreyaning ikki vakilini (10:1, 11:4) hisoblarida mag‘lub etdi. Yarim finalda esa vyetnamlik taekvondochiga 8:11 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan kifoyalandi.

-48kg vaznli sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan bahsda esa Jahongir Xudoyberdiyev ketma-ket uch nafar mezbon sportchini (31:27, 21:1, 19-17) mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda esa u taylandlik kuchli raqibga mag‘lub bo‘ldi va kumush medal sohibiga aylandi.

-51kg vazn toifasida musobaqada qatnashgan Ulug‘bek Rashitov dastlabki ikki jangida taylandlik raqiblarni (21:8, 19:15) mag‘lub etdi. So‘ngra mezbon sportchidan 23:1 hisobida ustun keldi. Hal qiluvchi jangda esa u boshqa bir koreyalik sportchini 31:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. Qayd etib o‘tish lozimki, Ulug‘bek Argentinada bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ham yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Musobaqa davom etmoqda. Hali ko‘plab sportchilarimiz «Korea Open»da sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:29, 19.07.2018.
O'qildi: 2007 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик