Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘zbekiston tarixda birinchi marta Osiyo o‘yinlarida ot sporti bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etadi

O‘zbekiston tarixda birinchi marta Osiyo o‘yinlarida ot sporti bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etadi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonda yilqichilik an’analarini tiklash, soha infratuzilmasini mukammallashtirish va ot sportini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi islohotlar boshlab yuborilgan. Ot sporti taraqqiyoti shaxsan davlatimiz rahbari nazoratidadir.

Sir emaski, ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etish o‘ziga yarasha murakkabgina bo‘lib qolmay, yaxshigina mablag‘ ham talab qiladi. Shu boisdan sportning ushbu turi bo‘yicha kompleks musobaqalarda qatnashuvchi mamlakatlar soni u qadar ko‘p bo‘lmaydi. Faqatgina o‘zini hurmat qiladigan, qudratli sport mamlakatlarigina ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etishni o‘ziga ravo ko‘rishi mumkin.

Quvonarlisi, yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston ham ot sporti bo‘yicha bellashuvlarda qatnashishga qaror qilgan. Bu ham mamlakatimizda sportning ushbu turiga e’tibor ortayotganidan darak beradi. Indoneziyadagi nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari G‘ayrat Nazarov, Umid Kamilov, Oqil Sobirjonov, Nurjan Tuyakbayevlar o‘z otlarida himoya qilishadi.

Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik allaqachon boshlab yuborilgan. Deyarli bir oy oldin otlar tegishli karantin muddatini o‘tash va veterinar tekshiruvidan o‘tish uchun Germaniyaga jo‘natildi. Kuni kecha chavandozlarimiz ham Germaniyaga yetib borishdi va tajribali nemis mutaxassislari qo‘l ostida seminarlarda qatnashishdi. U yerda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar yakunlangach, sportchilarimiz Yevropada xalqaro musobaqada ishtirok etadilar. Bu esa albatta Osiyo o‘yinlari oldidan tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.

20 avgust kuni esa sportchilarimiz otlar bilan birgalikda Belgiyadan Indoneziyaga yetib borishadi. O‘sha yerda sportchilarimiz tarixda ilk marotaba o‘z otlari bilan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishadi.

O‘z navbatida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi chavandozlarimizga Osiyo o‘yinlarida omad va zafarlar tilaydi va musobaqada ulardan muvaffaqiyatli ishtirokni kutib qoladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:46, 20.07.2018.
O'qildi: 2128 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик