"Real"ning braziliyalik yangi hujumchisi Vinisius Junior "PSJ" hujumchisi Neymarni o‘zining kumiri deb bilishini tan oldi.
"Mening o‘yin usulim Neymarnikiga o‘xshaydi deb o‘ylayman. U mening kumirim, barcha braziliyalikning, barchaning kumiri! Men Neymar bilan birga o‘ynashni istayman Xudo xohlasa, Braziliya termasida birga o‘ynaymiz", - deydi Vinisius.
18 yoshli futbolchi 45 mln yevro evaziga "Real"ga "Flamengo"dan kelib qo‘shildi.