Kataloniyaning «Barselona» klubi yozgi transfer oynasida uch nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar bermoqda.
Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati himoyachi Ektor Fort, yarim himoyachi Mark Kasado va hujumchi Ferran Torres bo‘yicha kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Kataloniyaliklar ehtimoliy transferlardan tushadigan mablag‘ evaziga yangi o‘yinchilarni sotib olishni rejalashtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 2025/2026 yilgi mavsumda muddatidan oldin Ispaniya chempioniga aylandi. Xans-Diter Flik shogirdlari mavsumning yakuniy uchrashuvini safarda «Valensiya»ga qarshi o‘tkazishadi. Bahs shanba kuni, 23 may kuni bo‘lib o‘tadi.













