Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Bahodir Nasimov: «Ozarbayjonga pul uchun ketmadim»

Bahodir Nasimov: «Ozarbayjonga pul uchun ketmadim»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy termasining sobiq hujumchisi Bahodir Nasimov faoliyatini yana Ozarbayjon chempionatida davom ettiradi. Ham­yurtimiz «Keshla» klubi bilan shartnoma imzoladi.

O‘tgan mavsum mamlakat kubogi sohibi bo‘lib, Yevropa Ligasining saralash bahslarida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan bu klub Nasimov orqali hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Bahodir uchun ushbu mamlakat futboli begona emas.

Tajribali hujumchi 2010|2011 yillar mavsumida Bokuning «Neftchi» klubi safida Ozarbayjon chempionati to‘purari bo‘lgandi. Nasimov 2014 yili «Neftchi»ni tark etgandi. Shundan keyin u Eronning «Padideh», Janubiy Koreyaning «Ansan» klublarida o‘ynadi.

Orada «Bunyodkor» sharafini ham himoya qildi. Futbolchi so‘nggi yarim yilni «Buxoro» safida o‘tkazib, 11ta o‘yinda 3ta gol urdi. Nasimovning yangi jamoasi Yevropa Ligasining 1-saralash bosqich dastlabki uchrashuvini Maltada «Balzan» klubiga qarshi o‘tkazdi va kutilmaganda yirik hisobda yutqazib qo‘ydi.

Ushbu o‘yinda Malta vise-chempioni uchrashuvni 4:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi va javob o‘yini oldidan keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshigina imkoniyat hosil qilib oldi.

Darvoqe, mezbonlar tarkibida bir paytlari «Metallurg» va «Bunyodkor» klublari tarkibida o‘ynagan Boyan Kalevich gollarning biriga mualliflik qildi.

Bahodir o‘sha o‘yinda «Keshla» safida maydonga tushmadi. Nimaga? Bu savolga javobni Nasimov bilan uyushtirgan suhbatimizni o‘qish asnosida bilib olishingiz mumkin.

- Bahodir, Ozarbayjon klubiga o‘tish varianti qanday paydo bo‘ldi?

- Agentlar Ozarbayjon jamoasidan taklif bo‘layotganini aytishdi. Klubdagi sharoitlar, jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarni o‘rganib chiqqach, bu taklifga rozilik berdim.

- «Buxoro»dan osonlikcha qo‘yib yuborishmagandir?

- Ha, albatta. Chunki jamoa bilan hali amalda shartnomam bor edi. Lekin boshqa tomondan olib qarasak, kelishuvda xorij klublaridan taklif tushsa, qo‘yib yuborishlari haqida band ham kiritilgandi. Ana shu imkoniyatdan foydalanib, Ozarbayjon chempionatiga yo‘l oldim. Meni to‘g‘ri tushungani uchun Ulug‘bek Baqoyevga minnatdorlik bildiraman.

- Ozarbayjon klubining taklifi nimasi bilan qiziqarli bo‘ldi? Yoki maosh «Buxoro»dagidan ko‘pmi?

- Yo‘q, birinchi galda «Keshla»ning Yevropa Ligasida ishtirok etishi diqqatimni o‘ziga tortdi. Ikkinchidan, o‘zimni yana bir bor legioner sifatida sinab ko‘rish imkoniyati yuzaga kelgani uchun bu chaqiruvga rad javobini bera olmadim. Uchinchidan, Ozarbayjon chempionati men uchun begona emas.

Bir necha yil davomida ushbu mamlakatning eng mashhur jamoasi - «Neftchi» sharafini himoya qildim. 2011 yilda Ozarbayjon chempionati to‘purari va ketma-ket uch marotaba mamlakat chempioni bo‘ldim. Ana shu omillar «Keshla» taklifini qabul qilishimga zamin yaratdi. Yashirmayman, taklifning moliyaviy tomonini ham o‘yladim. Lekin bu eng birinchi masala emas.

- Bosh murabbiy mahalliy mutaxassismi? U bilan gaplashib oldingizmi?

- «Keshla» klubining murabbiyi ukrainalik. U bilan gaplashib olgandik. Lekin Yevropa Ligasining birinchi bosqich ilk uchrashuvidagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng Maksimov iste’foga chiqarildi.

- Jamoa bilan tanishishga ulgurdingizmi? Klubda avval birga o‘ynagan futbolchilar bormi?

- Ha, bor. Shu bois, yangi jamoaga kirishib ketish jarayoni qiyin kechmadi. Klub bilan yaqindan tanishib chiqdim va bu jarayon hamon davom etmoqda.

- Mashg‘ulotlarda farq sezdingizmi?

- Endi 2-3ta mashg‘ulotda ishtirok etganim uchun katta farq sezmadim. Bosh murabbiy ham iste’foga chiqarildi. Shu sababli hali taktika haqida hech qanday ma’lumotga ega emasman. Yangi tayinlanadigan murabbiy o‘zining futbolga yangicha qarashlarini joriy qilsa kerak.

- Yevropa Ligasining birinchi o‘yi­­n­ida maydonga tushmadingiz. Buning sababi nimada? Yoki ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurishmadimi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:24, 23.07.2018.
O'qildi: 3289 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.