Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Shaffoflik, ochiqlik, oshkoralik: Yurtimizdagi oliy sport ta’lim muassasiga qabul qay tarzda tashkil etilmoqda?

Shaffoflik, ochiqlik, oshkoralik: Yurtimizdagi oliy sport ta’lim muassasiga qabul qay tarzda tashkil etilmoqda?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universitetining bu yilgi qabul jarayoniga bag‘ishlangan katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Komiljon Yarashev, universitet professor-o‘qituvchilari, sport federasiyalari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Ma’lumki, bu yildan boshlab alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlarga, shu jumladan sport yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga ham talabalar test sinovlarisiz qabul qilinadilar. Unga ko‘ra, bu yil Jismoniy tarbiya va sport universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar mazkur ta’lim muassasasida mavjud 27 hil sport yo‘nalishiga test sinovlarisiz, ijodiy imtihonlar asosida talabalik bahtiga muyassar bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining ma’lum qilishicha, bu yil qabul uchun 5665 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Ularning 75 nafari imtiyozli qabul asosida, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tavsiyasiga binoan universitetda tahsil oladi.

Shaffoflikni ta’minlash maqsadida har bir sport turi bo‘yicha ijodiy imtihonlarda sport federasiyalar vakillari ishtirok etadilar. Nohush holatlar, turli qing‘irliklarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda Milliy olimpiya qo‘mitasida 24 soat davomida faoliyat olib borayotgan qaynoq liniya 205-5-205 telefon raqamlari ishlab turgani qayd etildi.

Imtihonlar qat’iy tekshiruv asosida, olimpiya zaxiralari kollejlari, katta ko‘rgazma zallarida tashkil etiladi. Buning uchun Davlat test markazi, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yilgan. Imtihon jarayonlarida har bir mas’ul o‘z ishiga sidqidildan yondoshishi lozimligi, qabulni halol va shaffof tarzda tashkil etish kerakligi yana bir marotaba eslatib o‘tildi, ta’bir joiz bo‘lsa talab qilindi.

25 iyul – 5 avgust kunlari o‘tkaziladigan qabul imtihonlariga ommaviy axborot vositalari ham taklif qilindi. Uchrashuv davomida jurnalistlar shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga javob olishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 09:34, 25.07.2018.
O'qildi: 1785 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.