Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Katta klublar uchun JCH-2018ning yosh yulduzlari (fotogalereya)

Katta klublar uchun JCH-2018ning yosh yulduzlari (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Barcha nufuzli musobaqalar kabi Rossiya mundiali ham ko‘plab yosh iqtidor sohiblari uchun o‘ziga xos zinapoya vazifasini o‘tashi aniq.

Futbolchilar o‘z mahoratlarini namo-yish etishgani sari xaridor klublar ular orasidan eng saralarini tanlash bilan ovora.

Mana, ko‘plab iqtidorli yigitlar allaqachon grandlar nazariga tushishdi va ayrimlari hattoki, manfaatli takliflarga ega bo‘lishyapti.

1. Irving LOZANO (Meksika) -22 yosh

Ehtimoliy yangi manzili: «Barselona»

Transfer bahosi: 40 mln. yevro

«Chaki»ning nemislar darvozasiga urgan golini meksikalik muxlislar shunday nishonladilarki, seysmologlar o‘sha lahzada zilzilaga xos yer silkinishini qayd etdilar. Xo‘sh, bunday tarixiy voqeadan keyin transferning amalga oshishi muqarrarmi? «Ha, bizga murojaat qilishdi. Lekin hozircha hech narsa aniq emas», - dedi Irvingning otasi «Barselona»ning qiziqishi xususida.

Bundestim ustidan qozonilgan muhim g‘alabaning sababchisi chindan ham, start bellashuvida «asteklar»ning eng faol jangchilaridan biri bo‘ldi. Umuman, iqtidorli yarim himoyachi PSVdagi yorqin o‘yinlari bilanoq ko‘pchilik e’tiboriga tushib ulgurgandi.

Xullas, Lozanoning ta’tildan keyin Gollandiya Ederivizioniga qaytmasligi va La-liga, «A» seriyasi yoki APLning qaysidir nomdor jamoasiga yo‘l olishi ehtimoli baland. Bir yoqda Garet Beyldan rad javobi olgan «Bavariya» ham anchadan buyon yorqin hujumkor yarim himoyachi izlamoqda.

2. Vilfrid N~DIDI (Nigeriya) - 21 yosh

Ehtimoliy yangi manzili: «Liverpul»

Transfer bahosi: 30 mln. yevro

«Superburgutlar»ning 19 yoshli darvozaboni Frensis Uzoxo Islandiya termasiga qarshi o‘yinda o‘ta ishonchli harakat qilgan bo‘lsada, asosan La-liganing o‘rtamiyona jamoalari e’tiborini tortmoqda.

Uning terma jamoadagi safdoshi N~Didi esa hozirning o‘zida «Liverpul» safida «Yuventus»ga o‘tib ketgan Emre Jan o‘rnini to‘ldirishga shay. Vilfrid o‘zini N~Gole Kantega taqqoslayotgani yo‘q.

Ammo «Lester»da o‘ta ishonchli to‘p surdi. Ekspertlar xulosalari tayin: nigeriyalik yigit nafaqat Yurgen Klopp jamoasi, balki boshqa grandlar tarkibini ham bemalol kuchaytirishga qodir.

Deylik, fransiyalik N~Golo mabodo «Chelsi»dan ketishni ixtiyor etsa, Maurisio Sarri nigeriyalik yosh yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatini ishga soladi.

3. Nikola MILENKOVICH (Serbiya) - 20 yosh

Ehtimoliy yangi manzili: «Atletiko»

Transfer bahosi: 35 mln. yevro

Italiyaliklarning aytishlariga qaraganda, «Fiorentina»da Jovanni Simeone bilan yonma-yon to‘p suradigan 20 yoshli himoyachi Diyego Simeonega shunchalik yoqib qolganki, u «hindular» rahbariyati oldiga qat’iy talab qo‘ygan: «Nikolani xarid qilish shart». Ayni payt «Atletiko» himoyasida ikki nafar urugvaylik bosh rolni bajarmoqda.

Ularning biri Diyego Godinga e’tiroz yo‘q - «hindular» sardori allaqachon jamoa ramziga aylanib ulgurgan. Xose Mariya Ximenes esa ketish taraddudida. Shunday ekan, Milenkovich dunyoning eng puxta himoya maktabiga ega klub safidan joy olishi hech gap emas.

4. Amin ARIT (Marokash) - 21 yosh

Ehtimoliy yangi manzili: «Bavariya»

Transfer bahosi: 40 mln. yevro

«Shalke» vakili may oyida Bundesliganing eng yaxshi yosh yarim himoyachisi sifatida e’tirof etildi. Mundialning ilk uchrashuvida esa milliy jamoasi Eron termasidan mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, aynan uni eng yaxshi futbolchi o‘rnida ko‘rishdi. Hattoki, marokashliklarning guruh bosqichidagi omadsizliklari ham Aritga nisbatan qiziqish darajasini pasaytirgani yo‘q.

«Bavariya» esa Gelzenkirxen klubining yorqin kashfiyotlariga «mazaxo‘rak» bo‘lib ulgurgan. Agar myunxenliklar 24 yoshli xorvat Ante Rebich (Argentina termasi darvozasiga urilgan gol va Germaniya kubogi finalidagi «dubl» muallifi)ni sotib ololmasalar, bor e’tiborlarini Aminga qaratishlariga shubha yo‘q.

5. Benjamen PAVAR (Fransiya) - 22 yosh

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:31, 25.07.2018.
O'qildi: 6081 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.