Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘FA akademiyalari uchun imtihonlarda tanish-bilishchilik va korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘FA akademiyalari uchun imtihonlarda tanish-bilishchilik va korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi o‘z tarixida ilk bor har bir hududda futbol akademiyalarini ishga tushirayotganidan xabaringiz bor. Tez orada mazkur akademiyalar uchun qabul imtihonlari asosiy bosqichga ko‘chadi.    Tashkilot imtihonlar shaffof o‘tishi uchun barcha ishni amalga oshirishga tayyor. Shundan kelib chiqib, imtihonlarni oluvchi komissiyaga rais sifatida shaxsan Umid Ahmadjonovning o‘zi boshchilik qiladi.    “Futbol akademiyalarini tashkil etish oson bo‘layotgani yo‘q. Buni hamma birdek tushunishi lozim. Ishni yo‘lga qo‘yib olsak, bosqichma-bosqich akademiyalarimizni rivojlantirib boraveramiz. Agar mamlakat futboli o‘sishini barchamiz istayotgan bo‘lsak, unda bir yoqadan bosh chiqarishimiz yaxshi. Ya’ni, bizdan tashqari mustaqil kuzatuvchilar, ayniqsa, OAV ham imtihonlarga bemalol tashrif buyurishi mumkin. Biz ularning yordamlariga suyanamiz va ular so‘ragan har qanday ma’lumotni taqdim etishga tayyormiz”,  — dedi Umid Ahmadjonov.   Farzandini yetuk futbolchi qilish istagidagi ota-onalar ham, imtihonlarda bevosita ishtirok etayotgan murabbiylar ham bir jihatni yaxshilab tushunishi olishi lozim. Futbol akademiyasiga qabul qilinayotgan bola ustidan pora yoki tanish-bilishchilikning bo‘lishi mantiqqa umuman zid. Boisi, akademiyaga faoliyatini davom ettirish baxtiga musharraf bo‘lgan bola, kelasi yil o‘z o‘rnini boy berib qo‘yishi ham mumkin. O‘FA komissiyasi bu borada yillik majburiyat ishlab chiqqan bo‘lib, futbolchi yil davomida qanchalik o‘sayotgani borasida testdan o‘tkazib boriladi. Yil yakunida belgilab berilgan ko‘nikmalarni egallay olmagan bolaga javob beriladi. Uning o‘rnida akademiyaga dastlabki yili kira olmagan bo‘lsa-da, o‘sishda davom etayotgan boshqa o‘smir jalb qilinadi.    Shuningdek, murabbiylarda ham xuddi shunday majburiyat bo‘ladi. Ya’ni, tarbiyalanuvchilarining aksar qismi berilgan vazifalarni o‘zlashtira olmay, akademiya bilan xayrlashgan mutaxassislarga ham javob beriladi. Bu talab o‘z navbatida murabbiylarni yeng shimarib ishlashga majbur qiladi, ular o‘rtasidagi raqobatni oshiradi. Shuningdek, akademiya murabbiylari imtihonda faqat va faqat eng kuchlilarni olishga harakat qiladiki (tanish-bilishni emas), zero keyingi 1 yil davomida uning tarbiyalanuvchilari belgilangan talab darajasida ishlashga qiynalmasligi kerak. Yo‘qsa, o‘zi ham ishidan ayrilishi mumkin.    “Qaysidir akademiyada poraxo‘rlik yoki shunga o‘xshash birorta illatni payqasak, bunday xatoga yo‘l qo‘yganlarni futbolga umuman yaqinlashmaydigan qilamiz. Faqatgina futbol bilan cheklanmay, o‘sha insonlarni tegishli organlarga topshiramiz. Toza futbol istasak, oldin bolalar futboliga soflik olib kirishimiz shart. Bolalar futboli illatlardan holi bo‘lishi uchun hammamiz mas’ulmiz”, — dedi Umid Ahmadjonov O‘FA komissiyasi bilan uchrashuvda.     Akademiyaga futbolchilar O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning imzosi bilan qabul qilinadi. Imtihonlar yuzasidan e’tirozi borlar imtihonlar yakunidan keyingi 10 kun davomida apellyasiya berishi mumkin. Bunday holatda o‘smirni alohida komissiya nazoratdan o‘tkazadi. Bu boradagi boshqa yangiliklar har kuni O‘FA matbuot xizmati tomonidan berib boriladi.
Manba: ufа.uz
Kiritildi: 16:15, 25.07.2018.
O'qildi: 2226 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.