Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Nasaf” - “AGMK”. Prevyu

“Nasaf” - “AGMK”. Prevyu

Baho:
+ | -

Pepsi Superliganing 19-turida “Nasaf” Olmaliqning “AGMK” jamoasi bilan, o‘z maydonida bahslashadi. Uchrashuv 28 iyul shanba kuni “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.

Pepsi Superliga, 19-tur

“NASAF” –“AGMK”

28.07.2018. “Markaziy” stadion. 20:00da

Bosh hakam: Viktor Serazitdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Husniddin Shodmonov (Buxoro)
Zaxira hakami: Isxaq Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: G‘ayrat Karimov (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Laziz Qo‘chqorov.

Viktor Serazitdinov bu yilgi "Nasaf" ishtirokidagi uchrashuvlarning uchinchisiga tayinlandi. Bungacha Serazitdinov “Nasaf” – “Buxoro” 3:1 va “Buxoro” – “Nasaf” 1:0 uchrashuvlarini boshqargan edi.

O‘zaro uchrashuvlarga oid faktlar

“Nasaf” va “AGMK” jamoalari shu paytgacha milliy chempionatimizda o‘zaro 21 marta kuch sinashgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 11tasida “Nasaf” zafar quchgan, yana 8 o‘yinda durang natija qayd etilgan. 2ta o‘yinda olmaliqlik futbolchilar o‘z maydonida g‘alabaga erishishgan. To‘plar nisbati quyidagicha ko‘rinish olgan – 32:17. Ustunlik “Nasaf” tomonida.

Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarga oid

 

Qarshida bo‘lib o‘tgan 10ta o‘yindan 8tasida “Nasaf” g‘alaba qozongan. 2 uchrashuvda bir xil 2:2 durang hisobi qayd etilgan. Ko‘rib turganingizdek, “AGMK” jamoasi hanuzgacha Qarshida g‘alaba qozona olmagan. Qarshidagi so‘nggi o‘zaro durang natija esa 2013 yili qayd etilgan. O‘tgan yili Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda “Nasaf” 1:0 hisobida muvaffaqiyatga erishgan.

Qarshida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda mazkur jamoalar o‘rtasida eng yirik 4:0 hisobi, 2010 yili qayd etilgan. Bu uchrashuvda Ilhom Shomurodov xet-trik muallifi bo‘lgan. Kenja To‘rayev esa bitta gol kiritgan.

Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlar:

08.09.2017. “Nasaf” – “Olmaliq” 1:0
08.08.2016. “Nasaf” - “Olmaliq” 2:1

08.08.2015. “Nasaf” - “Olmaliq” 2:0

07.11.2014. “Nasaf” - “Olmaliq” 2:2

02.03.2013. “Nasaf” - “Olmaliq” 2:2

01.07.2012. “Nasaf” – “Olmaliq” 4:2

20.03.2011. “Nasaf” – “Olmaliq” 2:1

26.08.2010. “Nasaf” – “Olmaliq” 4:0

07.08.2009. “Nasaf” – “Olmaliq” 2:1

10.05.2008. “Nasaf” – “OTMK” 1:0

Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 31ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik “Nasaf” tomonida 22-9.


Jamoalar to‘purarlari

Ayni paytda to‘purarlar bo‘yicha "Nasaf"da Bobir Abduxoliqov karvonboshilik qilmoqda. U hozirgacha 5ta gol kiritgan. “AGMK” jamoasining to‘purari serbiyalik yarim himoyachisi Yovan Jokich hisoblanadi. Uning hisobida 8ta gol bor, ularning 6tasini penaltidan kiritgan.

Mazkur jamoalarning yoshlari o‘rtasidagi uchrashuv 27 iyul juma kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida soat 18:30da boshlanadi.

Barcha futbol ishqibozlarini ana shu uchrashuvlarga taklif etib qolamiz.

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 09:36, 26.07.2018.
O'qildi: 2445 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.