Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

G‘ururlanaver, Afrika! Yoxud JCH-2018 taqdirini hal qilgan futbolchilar haqida

G‘ururlanaver, Afrika! Yoxud JCH-2018 taqdirini hal qilgan futbolchilar haqida

Baho:
+ | -

Diqqatni tortadigan ajoyib fakt: jahon chempionati-2018 yarim finalidan o‘rin olgan birinchi to‘qnashuv, ya’ni Fransiya - Belgiya o‘yini qaydnomasiga qarasak, ikki jamoa tarkibidagi jami 46 nafar futbolchidan deyarli yarmi, aniqrog‘i, 22 nafari qaysidir jihat bilan Afrikaga bog‘liq ekan.

Qoyilmisiz. Bular - Kilian Mbappe, N`Gole Kante, Pol Pogba, Blez  Matyuidi, Stiven N`Zonzi, Presnel Kimpembe, Samuel Yumtiti, Usmon Dembele, Korenten Tolisso, Stiv Mandanda, Odil Remi, Nabil Faqir, Jibril Sidibe, Benjamin Mendi (Fransiya) va Romelu Lukaku, Vensan  Kompani, Nosir Shodli, Muso Dembele, Maruan Fellayni, Mishi Batshuayi, Yuri  Tilemans, Dedrik Boyata (Belgiya).

Xullas, birinchi yarim finalga «Afrika derbisi» sifatini qo‘llash ham mumkin edi bemalol...

Seshanba oqshomi bo‘lib o‘tgan o‘yinda shu 22 nafar futbolchidan ayrimlari bosh rolda namoyon bo‘lishdi. Xususan, final chiptasi taqdiriga oydinlik kiritgan yagona gol «fransuz» Samuel Yumtiti hisobiga yozildi.

Umuman, asli afrikalik yigitlar butun turnir davomida har ikki jamoa muvaffaqiyatida katta o‘rin tutishdi. Ular yetarlicha gol urishdi, shuningdek, assistentlik vazifasini ham yaxshi bajarishdi.

Demakki, Fransiya va Belgiyada bu futbolchilarni chinakamiga ardoqlashlari kerak. Albatta, har ikki mamlakatda Romelu Lukaku va Kilian Mbappe tomonidan urilgan gollarni xuddi Kevin de Bryuyne va Antuan Grizmanniki kabi shodmon nishonlashganiga shubha yo‘q.

Zero, Fransiya va Belgiyada odamlarni tanasi rangiga qarab, ajratish eski zamonlardan qolib ketdi. Har holda, irqchilikka qarshi kurash natija bera boshlaganiga ancha bo‘ldi.

Qarang, shu ro‘yxatga tushgan 9 nafar futbolchi Kongo termasi sharafini himoya qilishi mumkin edi. Ya’ni Fransiya va belgiyaliklar safida bu yurtga aloqasi bor shuncha o‘yinchi bor (4 nafari - «fransuz» va 5 nafari - belgiyalik).

Shuningdek, 3 nafardan futbolchi Senegal va Marokashga daxldor bo‘lsa, Kamerun hamda Mali 2 nafardan vakilga ega. Yana 3 nafar futbolchi shajara bo‘yicha Gvineya, Togo va Jazoirga borib taqaladi.

Qolaversa, 22talik bu ro‘yxatni Belgiya termasi yarim himoyachisi Aksel Vitsel hisobiga uzaytirish ham mumkin. To‘g‘ri, uning otasi Karib orollari tarkibiga kiruvchi Martinikadan, lekin katta Vitsel ajdodlari u yerga aynan Afrikadan borishgan.

Ushbu faktlarga e’tibor qaratgan jurnalist Kolin Millar hazil ohangida hattoki, sof oq tanli Kevin de Bryuyneni ham afrikalikka chiqarib qo‘ydi. Gap shundaki...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:57, 26.07.2018.
O'qildi: 6829 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик