Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

El Klasiko «Milliy» stadionda namoyish qilinadi

El Klasiko «Milliy» stadionda namoyish qilinadi

Baho:
+ | -

Shu yildan boshlab O‘zbekiston hamda Ispaniya futbol ligalari o‘rtasida yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
 
La Liganing yangi mavsum taqvimiga ko‘ra, «Barselona» hamda «Real» o‘rtasidagi birinchi El Klasiko 28 oktyabr kuni «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadi. PFL hamda La liga o‘zaro hamkorlikda bu o‘yin targ‘ibotini yurtimizda ham yanada kengaytirish maqsadida, shu kuni poytaxtimizdagi «Milliy» stadionida «Ommaviy El Klasiko» tadbirini o‘tkazishni rejalashtirgan. 

Mazkur tadbir doirasida Ispaniya va O‘zbekistonning faxriy futbolchilari ishtirokida ko‘rgazmali futbol o‘yini tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Unda har ikki jamoa tarkibida ham bir nafardan mashxur sobiq «charm to‘p» ustalari qatnashishi ko‘zda tutilgan. «Ommaviy El Klasiko» tadbiri UzReport telekanali orqali yoritib boriladi. 

Ko‘rgazmali futbol bahsidan so‘ng, stadionga yig‘ilgan muxlislar katta ekranda «Barselona» – «Real» o‘yinini tomosha qilishi mumkin bo‘ladi.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 19:37, 26.07.2018.
O'qildi: 7346 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.