Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Bahraynlik hakam Navaf Shukrullo CAFA hakamlar seminari ishtirokchilari bilan uchrashdi

Bahraynlik hakam Navaf Shukrullo CAFA hakamlar seminari ishtirokchilari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
“CAFA U-15 championship 2018” musobaqasi doirasida Markaziy Osiyo Futbol Assosiasiyasi Toshkentda tashkilotga a’zo mamlakatlardagi 20 dan ortiq yosh hakamlar uchun seminar o‘tkazayapti.   Mazkur seminar doirasida hakamlar har kuni bir mahaldan nazariy, bir mahal jismoniy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, xalqaro musobaqadagi tajribalarini “CAFA U-15 championship 2018” musobaqasining o‘yinlariga tayinlangan holda oshirib bormoqdalar.   Hakamlik seminarini OFKning o‘zbekistonlik sobiq hakamlari Vladislav Seytlin va Valentin Kovalenkolar olib bormoqdalar. Ular “CAFA U-15 championship 2018” o‘yinlaridagi hakamlik bilan bog‘liq epzodlarni har bir turdan keyin tahlil qilib, keyingi tur oldidan hakamlar bilan o‘z ko‘rsatmalari va tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.   Bugun mazkur seminarga O‘zbekistonda bo‘lib turgan Jahon chempionati hakami bahraynlik Navof Shurkulloning brigadasi tashrif buyurdi. Shukrullo  bilan uchrashuv davomida hakamlar ushbu hakamning hozirga qadar kechgan faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Jumladan, yosh hakamlar Shukrulloga Jahon chempionatida hakamlik qilish tuyg‘usi nima ekanligi, bunday katta musobaqaga borgandan keyin nimalarga tayyor turish kerakligi, musobaqadan keyin o‘sishdan to‘xtab qolmaslik uchun hakamlarda nimalar talab qilinishi to‘g‘risida so‘rab, o‘zlari uchun kerakli savollarga javob oldilar. O‘z navbatida Shukrullo ham o‘tgan jahon chempionatlaridagi qiziqarli voqealar haqida so‘zlab berib, hakamlarga katta-katta musobaqalar asta-sekinlik bilan kelishini, buning uchun tinmay o‘qib o‘rganish, hakam o‘zi uchun hakam, o‘zi uchun muxlis, o‘zi uchun doktor bo‘lishi kerakligini aytib, o‘yinlarga hakam qanday tayyorgarlik ko‘rishi kerakligi haqida gapirib berdi.   "Hech qachon o‘yinga turli munosabatda bo‘lmaslik kerak", - deydi Navof Shukrullo hakamlar bilan uchrashuvda. "Hech qachon bu muhim o‘yin, bu oson o‘yin deb maydonga tushmaslik kerak. Bugun menga qiyin bo‘ladi, bugun menga oson bo‘ladi deb o‘ylamaslik kerak. O‘yinga munosabat bir hil bo‘lish kerak. Bugun men falon ishni qilaman, bugun menga falon narsalar bo‘lmasligi kerak demaslik kerak. chunki, o‘yin bu o‘yin. O‘yin hamma yerda bir hil o‘ynaladi"   Navof Shukrullo hakamlar bilan uchrashuvda hakamning o‘yinlarga tayyorgarligi haqida gapirar ekan, uning qanday ovqatlanishi, qanday uxlashi, haftaning har bir kunida qanday jismoniy mashqlar qilishi kerakligi ham o‘zining tajribasidan kelib chiqib hakamlarga maslahat berdi.   Ta’kidlash kerakki, Markaziy Osiyo Futbol Assosiasiyasiga shu yili fevral oyida Umid Ahmadjonov prezident etib saylanganidan beri MOFA 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida mintaqa chempionati, tarixda ilk marotaba “B” lisenziyasiga ega murabbiylar uchun Murabbiylar seminari bilan parallel ravishda tashkil qildi.    22-31 iyul kunlari bo‘lib o‘tayotgan 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi MOFA chempionatida ham xuddi shu amaliyot qo‘llanilayapti. Tarixda ilk marotaba CAFA Markaziy Osiyo davlatlaridagi yosh hakamlarni yig‘ib, ular uchun 11 kunlik o‘quv-mashg‘ulot seminarini tashkil qilib berayapti. Ushbu seminarda O‘zbekistondan tashqari, Eron, Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston mamlakatlaridan 20 dan ortiq hakamlar bilim va malakalarini oshirayaptilar.
 
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:06, 29.07.2018.
O'qildi: 2343 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик