Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 20:00 Yaponiya 2-3 Avstraliya
10/04 20:00 Vyetnam 1-1 BAA
10/04 22:15 Afg‘oniston 0-2 Indoneziya
10/04 22:15 Janubiy Koreya 1-0 Yaman
11/04 22:15 Eron - Tojikiston
11/04 22:15 Ummon - KXDR
11/04 23:45 Udineze - Milan
12/04 00:00 Valensiya - Sevilya
12/04 16:30 Manchester Siti - Kristal Pelas
12/04 17:00 Real Sosyedad - Malyorka
12/04 18:00 Venetsiya - Monsa
12/04 19:00 Sautgempton - Aston Villa
12/04 19:00 Brayton - Lester
12/04 19:00 Nottingem Forest - Everton
12/04 19:15 Xetafe - Las-Palmas
12/04 21:00 Inter - Kalyari
12/04 21:30 Arsenal - Brentford
12/04 21:30 Selta - Espanyol
12/04 23:45 Yuventus - Lechche
13/04 00:00 Leganes - Barselona

Rafael Varan: «O‘zga sayyoraliklarni ko‘rganman, lekin…»

Rafael Varan: «O‘zga sayyoraliklarni ko‘rganman, lekin…»

Baho:
+ | -

«Real» klubi va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Rafael Varan bu yil kamdan-kam futbolchilarga nasib etgan ajoyib natijaga erishdi. Ya’ni qandaydir 2 oy oralig‘ida Yevropa Chempionlar Ligasi hamda jahon chempionati g‘olibiga aylandi.

Rafael zafarli mundialdan qaytgach, «Ekip» nashri muxbirlariga intervyu berib, o‘z o‘yin uslubi va Fransiya milliy jamoasi taktikasi xususida gapirdi.

Varan shuning barobarida OAV vakillariga biroz e’tiroz ham bildirdi: «Ochig‘i, mendan Serxio Ramos kabi o‘ynashni so‘rashsa, achchig‘im keladi».

O‘yin uslubi va Ramosga taqlid

- Ba’zan mendan xuddi Serxio Ramos kabi to‘p surishimni so‘rashadi: tajovuzkorroq harakatlanishimni, qaysidir jihat bo‘yicha biroz o‘zgarishimni... Vaholanki, shu paytga qadar o‘z uslubimda to‘p surib kelyapman va o‘ylashimcha, u chakki emas. Umuman, meni o‘zgartirishga juda ko‘p urinishdi.

Lekin bunday harakatlar asabimga tegadi. Deylik, vaqtida Ramosdan kimgadir o‘xshashni talab qilishganmikan? Uni o‘z holicha qabul qilishadi - Serxio Ramos. Xullas, meni ham qanday bo‘lsam, shunday qabul qilishlarini xohlardim.

Shaxsiy xarakteri, tabiati

- 7 yoshimdan boshlab, meni yaxshi bola sifatida ta’riflab kelishyapti. Ha, bu yoqimli, ammo o‘zimga yarasha xaraterim - tabiatim yo‘q emas va barchasi har doim ko‘zga tashlangan. Ha, tabiatan samimiy, do‘stparvar yigitman.

Shuning barobarida boshqa xislatlarim ham yo‘q emas, albatta. Misol uchun, qat’iy xarakterga ega bo‘lmaganimda, «Real»da uzoq o‘ynay olmasdim. 7 yildan buyon  «Madrid»da faoliyat yuritayotgan ekanman, demak, o‘ziga xos tabiatdan bebahra qolmaganman.

Kilian Mbappega ta’rif

- Shu paytga qadar futbol olamida ikki nafar o‘zga sayyora vakiliga duch kelgandim. Ammo bunchalik navqironini ilk bora uchratdim.

Deylik, Kilian bilan taktika masalasida gaplashsam, so‘zimni tugatishimdan oldin fikrimni to‘liq ilib oladi! Qiyosi yo‘q iste’dod!

Jahon chempionati finali

- Jamoada kengashib olish zarurati tug‘ilsa, bunga doimo shayman, eng og‘ir pallalarda ham. Yashirishning hojati yo‘q, Moskva finali tanaffusida yosh jamoamiz kuchli bosim ostida qoldi.

Shunda yigitlarga dangal murojaat qildim: «To‘xtanglar, axirhammasijoyida-ku, kayfiyatnitushirishgaasosyo‘q. Mana, birinchi bo‘lim ortda qoldi va 2:1 hisobida oldinda boryapmiz. Nega endi asabiylashishimiz kerak?»

«Oltin to‘p»

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:47, 30.07.2018.
O'qildi: 15628 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz