Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Begonalar orasidagi qadrdon: Tyerri Anrining murabbiylik faoliyati haqida

Begonalar orasidagi qadrdon: Tyerri Anrining murabbiylik faoliyati haqida

Baho:
+ | -

Moziy mulkiga aylangan JCH-2018 nafaqat muxlisu mutaxassislar, balki musobaqa qatnashchilariga ham olam-olam quvonch ulashdi. Albatta, «baxt» tushunchasini har kim turlicha talqin qiladi.

Shaxsan mening fikrimcha, Rossiyadagi futbol bayramidan eng ko‘p zavq-shavq olgan kishi Tyerri Anri bo‘ldi. U 1998 yili o‘z yurtida Fransiya terma jamoasining yosh hujumchisi sifatida jahon kubogini boshi uzra baland ko‘targandi.

20 yildan keyin Tyerri yurtdoshlarining navbatdagi tarixiy zafarlariga guvoh bo‘ldi, o‘zi esa Roberto Martinesning assistenti sifatida Belgiya termasining bronza medallariga sazovor bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdi.

Mundial bahonasida ana shu baxtiyor insonning faoliyatini yodga olishni lozim topdik.

LEZ-YULISDAN KLERFONTENGA QADAR

Yevro-1984 finalida Mishel Platini va Bryuno Bellonning Ispaniya darvozasiga yo‘llagan javobsiz to‘plari Fransiyada qizg‘in nishonlanayotgan paytda Tyerri hali 7ga ham to‘lmagandi.

Parij yaqinidagi Lez-YUlis shaharchasida to‘pni qo‘ltiqlab olganicha osmondagi yorqin mushakbozlikka mahliyo bo‘lgan bolakay qachondir shunday rang-barang tantananing sababchisi bo‘lishni diliga tugib qo‘ydi. «Bolaligimdan kulrang manzaradan ko‘ng­lim qolgan. Biz to‘p surgan maydon atrofidagi uylar, ularning devorlari aynan shu ko‘rimsiz tusda edi», - degandi Anri keyinchalik.

Bo‘lajak yulduzning onasi Martinikadan, otasi esa Gvadelupedan bo‘lib, Fransiyaga farovon hayot ilinjida kelishgandi. O‘shanda Mariz Tyerriga homilador edi. Otasi - Antuan bo‘sh paytlarida futbol o‘ynab turardi. Tez orada jajji Tyerri otasiga taqlid qila boshladi.

Sal o‘tmasdan shunchalik qiziqib qoldiki, o‘zidan ikki yosh katta bolalar bilan tengma-teng o‘ynaydigan bo‘ldi. Keyinchalik 13 yoshli vunderkind «Viri-SHatiyon» klubi tarkibida 26 marta maydonga tushib, 76ta gol urdi.

«U to‘p bilan oldinga tashlangan paytda hech kim to‘xtatib qola olmasdi», - degandi Tyerrining birinchi murabbiyi Klod Shezel.

Anri o‘zining futboldagi ilk qadamlarini amalga oshirgan paytdan otasi uning doimiy muxlisi bo‘ldi. Garchi ular keyinchalik kam ko‘rishadigan bo‘lib qolishgan bo‘lsa ham. Tyerri 8 yoshga chiqqanida juft­lik ajrashib, bolakay onasi bilan Orse tumaniga ko‘chib o‘tdi.

14 yoshga to‘lganida Anri 3 yil avval ochilgan Klerfonten akademiyasiga qabul qilindi. Mamlakatning eng mashhur maskanida u Nikolya Anelka, Vilyam Gallas va Lui Saa kabi iqtidor sohiblari bilan yonma-yon saboq oldi.

VENGER BILAN TANISHUV

O‘zining 16 yoshini nishonlash arafasida Tyerri «Monako» skautlari nazariga tushib, Arsen Vengerni qiziqtirib qoldi. Knyazlik klubining o‘sha paytdagi bosh murabbiyi ko‘p o‘ylab o‘tirmadi - 1993 yilda Anri «Monako» yoshlari safidan joy oldi.

1994 yilning yozida esa, ikki hafta avval 17 yoshini bayram qilgan iqtidorli hujumchi asosiy tarkibdagi debyutini nishonladi. To‘g‘ri, ilk uchrashuvlar omadsiz kechdi - jamoa o‘z maydonida «Nissa»dan yengildi. Vaholanki, o‘shanda Lilian Tyuram, Emmanuel Peti va Yuriy Jorkayeff kabi nomdor futbolchilar Anri bilan yonma-yon to‘p surishgandi.

«Monako» keyingi o‘yinda ham ochko ololmadi: «Gavr» - 0:1. «Renn» bilan nursiz durang (0:0) qayd etilgach, mutasaddilar Vengerni iste’foga chiqarishdi. Bir amallab o‘z o‘rnini saqlab qolgan Anri esa, Jorkayeffning uzatmasini fantastik golga aylantirdi. Ammo o‘sha pallada 4 yildan so‘ng uni qanday muvaffaqiyat kutayotganidan ham, Arsen Venger bilan yana uchrashishidan ham yosh hujumchi bexabar edi.

JAHON FUTBOLI TOJI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:21, 02.08.2018.
O'qildi: 4820 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.