Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

No‘’mon Hasanov: «Bunyodkor»ni o‘z maydonida mag‘lub etishni hamma ham eplay olmaydi»

No‘’mon Hasanov: «Bunyodkor»ni o‘z maydonida mag‘lub etishni hamma ham eplay olmaydi»

Baho:
+ | -

Pepsi Superligasi 20-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida No‘’mon Hasanov ishtirok etdi.

- "Bunyodkor" juda yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. Shuning uchun bugungi g‘alabani kutilmagan deyish mumkin. "Qaldirg‘ochlar"ning o‘rta chizig‘ida Ibrohimov, Sobirxo‘jayev va Haydarov singari tajribali futbolchilar harakat qilishi meni qo‘rqitgandi. Bugungi o‘yinda asosan ushbu futbolchilarni yopishga harakat qildik. Mashg‘ulotlarda ham shu ustida alohida ishlagandik. Bu ishni uddalaganimizdan xursandman.

Umuman o‘yin va natija uchun futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman.  Bugun Iqbol Malikjonovning raqib hujumlarini buzishda, markazda ustunlikka erishishimizda xizmati katta bo‘ldi.

O‘yin chiroyli bo‘ldi. Raqib futbolchisi olgan qizil kartochka ham bizga qo‘l keldi. Ammo "Bunyodkor" 10 kishi bo‘lsa-da yaxshi o‘ynagani tahsinga loyiq.

Qo‘qondan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarimizga, shuningdek, butun jamoaga, futbolchilarga ajoyib o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman. "Bunyodkor"ni Toshkentda mag‘lub etishni hamma ham uddalay olmaydi.

Biz imkon qadar kuchli-oltilikka kirishga harakat qilyapmiz. Buni uddalash oson bo‘lmaydi. Bizni qiyin bo‘lgan "Paxtakor"ga qarshi bahs kutmoqda. Albatta, bor kuchimizni ishga solib muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 10:22, 03.08.2018.
O'qildi: 1743 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик