Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Quvondiq Ro‘ziyev: «Bunyodkor»ning o‘yin uslubi juda ham yuqori darajada»

Quvondiq Ro‘ziyev: «Bunyodkor»ning o‘yin uslubi juda ham yuqori darajada»

Baho:
+ | -

Kecha superliganing 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi o‘z uyida Qo‘qonning «Qo‘qon-1912» jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng «Qo‘qon-1912» klubi futbolchisi Quvondiq Ro‘ziyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bunyodkor»ga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozonish biz uchun juda ham muhim edi. Chunki, chempionlik yo‘lida kuchli oltilikka kirishimiz ushbu o‘yinga bog‘liq edi. Xuddi so‘ngi bor futbol o‘ynayotgandek bahs olib bordik va maqsadimizga erishdik.

Bu yerda murabbiylarning qo‘llagan taktikasi ham katta yordam berdi. Ushbu uchrashuvda biz g‘alaba qozonishga haqli edik. G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq bizda kuchli edi. shuning uchun ham yakunda raqibimizni mag‘lubiyatga uchratdik.

Ushbu bahsdan oldin «Bunyodkor»ni o‘yin uslubini o‘rganib chiqdik. To‘g‘risini aytsam «Qaldirg‘ochlar»ning o‘yin uslubi juda ham yuqori darajada. Ular bir-birini juda ham yaxshi tushunib o‘ynaydi. Biz bundan hadiksirab turgandik. Shuning uchun ham ushbu o‘yin qiyin bo‘ldi», - deydi Quvondiq Ro‘ziyev

Jahongir Sotvoldiyev yozib oldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:36, 03.08.2018.
O'qildi: 1844 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик