Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Superligada iyul oyining eng chiroyli golini aniqlash uchun ovoz berish boshlandi (video)

Superligada iyul oyining eng chiroyli golini aniqlash uchun ovoz berish boshlandi (video)

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o‘tkazib kelayotgan so‘rovnomasini davom ettiradi.

Mazkur sorovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa bundan buyon PFL rasmiy saytida bo‘ladigan so‘rovnoma orqali qabul qilinadi.

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo‘lib o‘tdi. Shu sababdan PEPSI Superligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o‘yini tashkil etildi.

Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so‘rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo‘lar edi. Shu tariqa iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlarida o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan laureatlar aniqlanishi jarayoni boshlandi.

Ortda qolgan 6 ta tur doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlarda bir qator chiroyli gollar kiritildi. Bir qancha futbolchilar raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo‘lishdi.

Ular ichidan 6 ta saralab olingan gol Iyul oyining eng chiroyli goli bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda. Nomzodlar qatoridan o‘rin olgan Javlon Ibrohimov hamda Sardor Rashidov mavsum boshidan buyon ikkinchi marta eng chiroyli gol muallifi bo‘lish uchun da’vogarlar safidan o‘rin egallashdi. 

Qolaversa, ilk marta ikki aka-uka tomonidan kiritilgan gollar oyning eng chiroyli goli bo‘lishda raqobatlashmoqda. Ko‘ramiz, Sanjar Rashidov va Sardor Rashidov tomonidan kiritilgan gollardan qay biri ko‘proq ovoz olar ekan...

Oyning eng chiroyli goli uchun nomzodlar

Shoxruz Norxonov (“So‘g‘diyona” – “Buxoro”)

Sanjar Rashidov (“So‘g‘diyona” – “Buxoro”)

Javlon Ibrohimov (“Bunyodkor” – “Neftchi”) (1 gol)

Sherzod Hakimov (“Bunyodkor” – “Neftchi”) 

Sardor Rashidov (“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv”)

 Vladimir Kozak (“Paxtakor” – “Buxoro”)

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:34, 03.08.2018.
O'qildi: 2584 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.