Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Neftchi» futbolchisi jarimaga tortildi, «Navbahor» esa ogohlantirildi

«Neftchi» futbolchisi jarimaga tortildi, «Navbahor» esa ogohlantirildi

Baho:
+ | -

Superliganing 20-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Navbahor” o‘yini 68-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov raqib jamoa darvozasini ishg‘ol etganidan so‘ng golni nishonlash maqsadida “Navbahor” jamoasi muxlislari joy olgan sektor tomon harakatlanib, raqib muxlislarini g‘azablantirishga va keskin e’tirozlariga olib kelgan xatti-harakatlarni amalga oshirdi.

Natijada namanganlik muxlislar o‘tirgan sektordan maydon tomon turli xil mayda buyumlar (plastik idishlar) uloqtirildi. Musobaqalar Reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 1-qismi 5.4 bandini buzgani uchun “Neftchi” jamoasi futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov 2 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Namanganning “Navbahor” jamoasi muxlislari “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” klublari maydoniga uyushtirgan safar uchrashuvlari chog‘ida intizom borasida ommaviy ravishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani mazkur o‘yinlarga tayinlangan uchrashuv komissarlari tomonidan qayd etilgan edi.  PEPSI Superliga 20-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Navbahor” o‘yinida ham aksariyat namanganlik ishqibozlarning odob-ahloq qoidalari doirasidan chetga chiqish holatlari davom etdi. Jumladan, o‘yinning 68-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov “Navbahor” darvozasini ishg‘ol etgach, golni “Navbahor” jamoasi muxlislari joy olgan sektor tomon harakatlanib nishonladi. Futbolchi amalga oshirgan xatti-harakatlar 3 mingga yaqin namanganlik muxlislar o‘tirgan sektordagi ko‘p sonli ishqibozlarni ommaviy tarzda g‘azablanishiga va keskin e’tirozlariga olib keldi. Natijada namanganlik muxlislar o‘tirgan sektordan maydon tomon turli xil mayda buyumlar (plastik idishlar) uloqtirildi.

Shu sababdan “Navbahor” futbol klubi muxlislarining xulqi va madaniyati borasida tegishli tartibda ish olib borilmagani uchun “Navbahor” klubi oxirgi marta ogohlantirildi. Agar ushbu holat yana bir bora takrorlansa, klub o‘z uy uchrashuvini muxlislarsiz bo‘sh stadionda o‘tkazishi ham mumkin. 

Zero stadionlarga futbol ishqibozlari o‘z oilalari, farzandlari bilan birgalikda tashrif buyurayotgan paytda ayrim muxlislarning odob-ahloq me’yorlarini buzayotgani yosh futbolsevarlarga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bu borada PEPSI Superliga barcha ishtirokchi jamoalarining muxlislar bilan ishlash bo‘limlari muntazam ish olib borishlari lozim.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:52, 04.08.2018.
O'qildi: 2750 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.