Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

JCH-2018 vaqtida transfer narxi ko‘tarilgan 7 nafar futbolchi (fotogalereya)

JCH-2018 vaqtida transfer narxi ko‘tarilgan 7 nafar futbolchi (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Tabiiyki, jahon futbol forumi o‘yinchilarning transfer narxiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, mashhur transfermarkt.de sayti mundial yakuniga yetgani hamono o‘z bazasida ba’zi o‘yinchilarga qo‘yilgan baho miqdorini o‘zgartirdi.

Quyida aynan Germaniya sayti talqiniga ko‘ra, turnir startidagi holatga nisbatan transfer narxi bo‘yicha katta o‘sishga erishgan JCHning eng qiziqarli ishtirokchilari haqida so‘z boradi.

7. Lyudvig AUGUSTINSSON (SHvesiya)

Narx dinamikasi: +4,5 mln. yevro (7,5dan 12 mln. yevro)

Hech kim shvedlarning guruh bosqichida 3-o‘rindan yuqoriga ko‘tarilishlarini kutgan emasdi. Shvesiya termasi nemislarga yutqazganidan keyin kalondimog‘ Zlatan Ibragimovich hattoki, tiliga erk ham berdi:

«Bu jamoa mensiz hech narsa qilolmaydi». Lekin Ibra ke-yinchalik sukut saqlashga mahkum etildi - skandinavlar avvaliga guruhdan chiqishdi, keyin ancha kuchli ko‘ringan Shveysariya termasini chetga chiqarishdi, yakunda chorak finalda inglizlarga munosib qarshilik ko‘rsatishdi.

Yangilangan Shvesiya milliy jamoasida ko‘zga tashlangan eng yorqin sifat shuki, u avvalgidek yagona muayyan yulduzga «qaram» emas. Har holda, turnir davomida mehnatkash va «qora» ishlardan qochmaydigan futbolchilar ko‘zga tashlanishdi.

Shundaylardan biri - chap qanot himoyachisi Lyudvig Augustinsson. U jamoaning 5ta o‘yinida ham yuqori talabga muvofiq harakatlanib, «Milan» e’tiboriga tushdi.

6. Manuel AKANJI (SHveysariya)

Narx dinamikasi: +6 mln. yevro (22dan 28 mln. yevro)

Akanji hech qayerga talpinayotgani yo‘q, garchi ko‘pchilik uning kelajagini grand klublardan birida ko‘rayotgan bo‘lsada. U avvaliga Dortmund «Borussiya»sida bosh rollardan biriga ko‘tarilmoqchi. Buning uchun yetarlicha imkoniyati bor, albatta.

Manuelning ayniqsa, Serbiya termasiga qarshi o‘yinda tajribali Dushan Tadich va Aleksandr Mitrovichni qanday ahvolga solganini futbol darsliklariga kiritish mumkin. Shveysariya termasi umidi endi JCHdagi effektli o‘yin tasodifiy porlash emasligini isbotlab, chindan ham, yangi saviyaga chiqishi kerak.

Umuman, Akanji katta sur’atda o‘sib kelayotgan iqtidorlardan biridir. Har holda, o‘tgan mavsum startida uning transfer bahosi atigi 3 million yevroga teng edi.

5. Niklas ZYULE (Germaniya)

Narx dinamikasi: +7 mln. yevro (38dan 45 mln. yevro)

Mats Xummels va Jerom Boateng bilan raqobatlashish osonmi? Ha, nemislar katta omadsizlikka yo‘liqishdi, lekin bundestimning kelajagiga shubha bilan qarash yaramaydi aslo. Zero, Zyule kabi yigitlar chinakam janglarga chanqoq bo‘lib turibdilar.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 01:37, 05.08.2018.
O'qildi: 20312 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.