Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Umid Ahmadjonov Ektor Kuper bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Ektor Kuper bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Milliy terma jamoamizga argentinalik mutaxassis Ektor Raul Kuper bosh murabbiy etib tayinlangani xaqida futbol ixlosmandlarining xabarlari bor. Bugun tonggi soat 6:10da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston MTJni boshqarib boradigan argentinalik mutaxassis Ektor Kuperni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgani xaqida xabar berib o‘tgan edik.   Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti Umid Ahmadjonov milliy terma jamoamizning yangi murabbiyini qabul qildi. Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov murabbiy bilan suhbatlashar ekan, futbolimizda olib borilayotgan islohotlar bilan o‘rtoqlashib, o‘zbek xalqining azaliy orzusi bo‘lgan jahon chempionitiga chiqish eng dolzarb vazifa ekanligini aytib o‘tdi. 

«Bizning xalqimiz juda ham futbolsevar. Siz milliy terma jamoamizni boshqarib borishingiz e’lon qilinganidan keyin, yurtimizdagi futbol muxlislari bu xabarni katta quvonch bilan kutib olishdi. Asosiy maqsadimiz oldimizda turgan katta musobaqalarda ijobiy natijalarga erishish, Tokio-2020 hamda Jahon chempionati - 2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish.  O‘zbekiston futbol assosiasiyasi buning uchun Sizga barcha sharoitlarni yaratib beradi. Murabbiylar ishiga hech kim aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishmiz degan umiddaman», - dedi Umid Ahmadjonov.   O‘z o‘rnida Ektor Kuper ham bu yo‘lda bor kuch-g‘ayratini ayamasligini bildirib o‘tar ekan, aeroportdagi kutib olish marosimidan hayratda ekanini yashirib o‘tirmadi.    Uchrashuv so‘ngida Umid Ahmadjonov Ektor Kuperga uning nomi tushirilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining ramziy libosi hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.   Eslatib o‘tamiz, bugun soat 15:00da Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi. Matbuot anjumanida barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishlari mumkin.
Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:56, 06.08.2018.
O'qildi: 5795 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.