1979 yilning 11 avgustida «Paxtakor» aviahalokatga uchraganidan so‘ng jamoani qayta tiklashga jiddiy harakat qilingandi. O‘sha yillarda jamoaga Ishtvan Sekech taklif etilgan.
Quyida «InterFutbol»ning maxsus muxbiri Viktor Xoxlyuk ukrainalik mutaxassis haqida so‘z yuritadi.
Ishtvan Sekech venger millatiga mansub. U Zakarpatyedagi kichik shahar - Beregovoda tavallud topgan. U tug‘ilgan payt Zakarpatyening ko‘p qismi singari Beregovo ham Vengriya tarkibiga kirardi.
Futbol o‘ynashni aka-ukalari - Isosif, Andrey va Vasiliylar bilan birga boshlagan. Professional futbolga «Kolxoznik» (Beregovo) va «Kolxoznik» (Rovno) jamoalaridagi o‘yinlari orqali kirib kelgan.
1958 yilda Ishtvan Ujgorodning «Spartak» klubida o‘ynadi. Bu jamoa safida sobiq ittifoq chempionati doirasida 19ta uchrashuvda 5ta gol urgan.
1959 yili iqtidorli futbolchini Kiyevning «Dinamo» jamoasiga taklif qilishgan, lekin 19 yoshli futbolchi uchun jamoaning asosiy tarkibiga kirish oson bo‘lmagandi.
O‘sha yili zakarpatyelik yigit SSSR chempionati va kubogi bahslarida uchta o‘yin o‘tkazgan. Ammo «Dinamo» o‘rinbosarlari safida o‘zini ko‘rsata olgan - 16 o‘yinda 10ta gol.
Ushbu jamoada u Andre Gavashi va Valeriy Lobanovskiylar bilan birga to‘p surgan. «Dinamo»da yorqin kelajak kutmayotganini his qilgan Sekech «Avangard» (Ternopol) jamoasi taklifini qabul qildi.
Ternopolliklar safida ikki yarim yil o‘ynagan Ishtvan o‘zini ko‘rsata oldi. U SSSR chempionati va kubogi bahslarida 83ta o‘yin o‘tkazib, 42ta gol urishga erishdi.
Keyin Sekech Xarkovning «Avangard» (44 o‘yin, 6 gol) jamoasi safida bir yarim yil o‘ynadi. 1964-1966 yillarda SKA (Lvov), SKA (Odessa) va SSKA (Moskva) jamoalarida harbiy hizmatni o‘tadi.
Armiya klublari safida 104ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 36 marta ishg‘ol qildi.
Zakarpatyelik to‘purar Ukraina SSR terma jamoasi safida bitta o‘yin o‘tkazgan. 1964 yilning 11 oktyabrida ukrainaliklar GDR terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etishgan, o‘shanda Ukraina termasi safida Vasiliy Gurgach, Ivan Vagner, Sergey Krulikovskiy, Anatoliy Norov, Anatoliy Aleksandrov, Vladimir Levchenko, Stepan Varga, Anatoliy Puzach (Georgiy Krjichevskiy), Valentin Levchenko (Evgeniy Korniyenko, Mixail Yegorov) va Valeriy Lobanovskiylar ham to‘p surishgandi. Gollarga Stepan Varga va Valeriy Lobanovskiylar mualliflik qilishgan.
Keyingi olti mavsumni Ishtvan Sekech Odessaning «Chernomores»ida o‘tkazdi. Mahalliy muxlislar yoqimtoyiga aylangan Sekech 159 uchrashuvda 30ta gol urishga erishdi.
«Chernomores»da u bilan birga Aleksandr Yarchuk, Vladimir Nechayev, Stefan Reshko, Viktor Lisenko Vitaliy Feydman, Anatoliy Zubriskiy, Sergey Krulikovskiy, Leonid Buryak, Viktor Prokopenko, Anatoliy Shepel, Valeriy Porkuyan kabi futbolchilar ham o‘ynashgan.
Ishtvan futbolchilik faoliyatini 1972 yili Odessaga yaqin bo‘lgan Nikolayevda yakunladi.
SEKECHNING «PAXTAKOR» BILAN BOG‘LANISHI
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.