Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

“YOzyovon-Lochinlari” hamda “Norin” klublari Pro-Ligadan chetlashtirilishi mumkin

“YOzyovon-Lochinlari” hamda “Norin” klublari Pro-Ligadan chetlashtirilishi mumkin

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi shu mavsumdan boshlab klublar bo‘ynidagi har qanday qarzdorliklarga jiddiy e’tibor berib kelayotgani yaxshi ma’lum. Shu maqsadda Superliga hamda Pro-Liga klublari bilan 18 iyun kuni ochilib, 15 iyul sanasida yopilgan yozgi transfer oynasida yetarli darajada ish olib borildi.

PFL bu borada mavjud 30ta klubni transfer oynasi ochilishidan oldinoq ogohlantirib keldi. Natijada Superliga klublaridan tortib, Pro-Liga jamoalariga qadar PFLga hisobot topshirdi. Ya’ni, klublar bo‘ynidagi qarzdorliklar, ularning futbolchi va murabbiylar oldidagi majburiyatlari aniq-tiniq belgilab olindi. Biroq “Yozyovon-Lochinlari” hamda “Norin” klubi rahbariyati na transfer oynasi vaqtida va na undan keyin PFL talabini bajardi.

PFL Superliga klublarining oldiga 1 mart sanasiga qadar, Pro-Liga klublarining oldiga esa 20 aprelga qadar muddat belgilagan bo‘lsa-da, jamoalar bu talablarni bajarmadi. Shu boisdan transfer oynasi vaqtida klublar bu masala yuzasidan PFLga tushuntirish berdi. Ya’ni, tashkilot klublarning og‘ir sharoitidan kelib chiqib, ularga imkoniyat berishda davom etdi. Faqatgina, klub rahbarlarining kafolat xatidan so‘ng.

“Yozyovon-Lochinlari” hamda “Norin” klublari vakillari esa Pro-Ligadagi o‘yinlariga bir kun vaqt qolganidagina aloqaga chiqdi. Kafolat xatlari ham faqatgina shu vaqtda taqdim etildi (to‘lov muddati sanalari ko‘rsatilmagani holda). Futbol klublarining bu qadar beparvoligini oqlash qiyin. PFL o‘z komissarlari hamda hakamlarini yuqoridagi klublar ishtirokidagi o‘yinlarga yubordi. Boisi, qarzdorlik bartaraf etilsa, ular o‘yinni boshlashi kerak edi. PFL to uchrashuvning boshlanish vaqtigacha klublar moliyaviy qarzdorliklarini uzishini kutdi. Biroq klublar bu imkoniyatdan ham foydalana olmadi. Shundan kelib chiqilsa, “Yozyovon-Lochinlari” klubi homiysi Dilmurod Ergashevning PFL borasida aytgan fikrlari mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

PFL futbolga o‘z sarmoyasini kiritayotgan tadbirkorlar bilan ishlash uchun doimo tayyor. Katta klublarni eplay olmayotgan tadbirkorlar bolalar futboliga sarmoya kiritsa ham, bu borada PFL ular bilan hamkorlik uchun keng eshiklar ochib beradi va o‘z yordamini ayamaydi. Biroq Pro-Liga klublari bir necha yillardan buyon shu ahvolda ishlab o‘rganib qolgandiki, ayni vaqtdagi qat’iy talablar ularga malol kelyapti. 

PFL “Yozyovon-Lochinlari” hamda “Norin” klublarini yana bir bor ogohlantiradi. Ish shu zaylda davom etsa, ular keyingi safar Pro-Ligadan muddatidan oldin chetlashtiriladi. Jamoalar homiylari mahalliy stadionlarni yaxshilash, bolalar futboliga sarmoya kiritish, klub tashkil qilishdan oldin, uning infratuzilmasi haqida o‘ylaydigan bo‘lsa, ular bilan hamkorlik davom ettiriladi. Shuningdek, bu kabi jamoalarga mamlakat 2-ligasida faoliyatlarini davom ettirish tavsiya etiladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:45, 08.08.2018.
O'qildi: 2387 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.