Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Iyul oyining eng chiroyli goli muallifi – Sherzod Hakimov

Iyul oyining eng chiroyli goli muallifi – Sherzod Hakimov

Baho:
+ | -

Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so‘rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali qabul qilindi.

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo‘lib o‘tdi. Shu sababdan PEPSI Superligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o‘yini tashkil etildi. Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so‘rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo‘lar edi. Shu tariqa bu safar iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlari yakunlariga ko‘ra eng yaxshilar aniqlandi.

Ortda qolgan 6 ta tur doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlarda bir qator chiroyli gollar kiritildi. Bir qancha futbolchilar raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo‘lishdi. Ular ichidan 6 ta saralab olingan nomzodlarga PEPSI Superliga klublari bosh murabbiylari, sardorlari hamda PFL saytida muxlislar ovoz berishdi. Iyul oyining eng chiroyli goli deya e’tirof etilish uchun kurash ancha qizg‘in tarzda kechdi.

Yakunda Sherzod Hakimov tomonidan “Bunyodkor” darvozasiga kiritilgan gol 1-o‘rinni egalladi. Murabbiylar va sardorlarning 8 nafari Hakimovning golini 1-pog‘onaga loyiq ko‘rdi. Shuningdek, muxlislar o‘rtasida tashkil etilgan so‘rovnomada ham Sherzod Hakimov eng ko‘p ovoz yig‘di.

Ikkinchi pog‘ona esa Javlon Ibrohimovga nasib etdi. Uning “Neftchi” darvozasiga kiritgan goli jami 33 ochko jamg‘ardi. Uchinchi o‘rin esa Vladimir Kozakni 1 ochkoga ortda qoldirgan Sardor Rashidovga nasib etdi. 

Ta’kidlash joiz, mart oyida eng chiroyli gol muallifi deya Aziz Turg‘unboyev e’tirof etilgan edi. Aprelda Elguja Grigalashvili, mayda esa Arslonmurod Omonov oyning eng chiroyli gollariga mualliflik qilishgandi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 21:14, 08.08.2018.
O'qildi: 2486 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.