Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Prevyu. «Nasaf» – «Bunyodkor»

Prevyu. «Nasaf» – «Bunyodkor»

Baho:
+ | -

“Nasaf” navbatdagi 21-tur uchrashuvini o‘z maydonida “Bunyodkor”  jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Uchrashuv 11 avgust shanba kuni “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadi va soat 20:00da boshlanadi.

Pepsi Superliga. 21-tur

“NASAF” – “BUNYODKOR”

11.08.2018. “Markaziy” stadion. 20:00da

Bosh hakam: Zokir Qodirov

Qanot hakamlari: Ruslan Samandarov, Obid Jumayev

Zaxira hakami: Isxaq Ibragimov

Nazoratchi: Noil Lutfullin

Komissar: Jahongir Rahmatullayev.

O‘zaro uchrashuvlarga oid

Shu paytgacha chempionatda bu ikki jamoa 23 marotaba kuch sinashishgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 12 tasida “Bunyodkor”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 8 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. “Nasaf” futbolchilari 3 o‘yinda g‘alaba nashidasini surishgan. To‘plar farqi – 13:32 “qaldirg‘ochlar” foydasiga.

Birinchi davrada bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda “Bunyodkor” g‘alaba qozongan edi.

Qarshidagi uchrashuvlarga oid faktlar

“Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalari Qarshida bungacha  11 bor kuch sinashishgan. Shundan 2tasida “ajdarlar” g‘alabaga erishishgan. “Bunyodkor” esa Qarshidan 3 marta uch ochko bilan qaytgan. Qarshidagi 6 uchrashuvda o‘zaro durang qayd etilgan. Uchrashuvlarda darvozalarga jami 12ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha hozircha tenglik - 6:6.

“Nasaf”ning o‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor" ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 2:0 ga teng. “Bunyodkor”ning yirik g‘alabasi esa – 5:0.

“Nasaf” so‘nggi bor “Bunyodkor”ni Qarshida 2014 yili mag‘lub etgan. “Bunyodkor” jamoasi esa Qarshida o‘tgan yili g‘alabaga erishgan. Bu uchrashuv taqdirini penaltidan kiritilgan yagona gol hal qilgan.

Qarshida o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv natijalari:

18.08.2017. “Nasaf” – “Bunyodkor”  0:1

28.05.2016. “Nasaf” – “Bunyodkor”  1:1

26.10.2015. “Nasaf” – “Bunyodkor” 0:0

19.05.2014. “Nasaf” – “Bunyodkor” 2:0

03.11.2013. “Nasaf” – “Bunyodkor” 1:0

Ayni paytda “Nasaf” 26 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasida bormoqda. “Bunyodkor” jamoasi hisobida 36 ochko bor va turnir jadvalining 3-pog‘onasini egallab turibdi.

Bo‘lajak uchrashuvda “Nasaf”ga Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan uch nafar futbolchi yordam bera olishmaydi. Shuningdek “Bunyodkor” jamoasi tarkibida ham shunday to‘rt nafar “Nasaf”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi.

Ushbu uchrashuvga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Darvoqe o‘yinga kirish hamma uchun tekin. O‘yin kuni stadionga faqat Navoiy ko‘chasi tomonidan kirishga ruxsat etilgani haqida avval xabar bergan edik. Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 10 avgust kuni Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlar qarorgohi maydonida bo‘lib o‘tadi va 18:00da boshlanadi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 15:35, 09.08.2018.
O'qildi: 3047 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.