Bugun “Monako” hujumchisi Balde Keyta “Inter” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda. Italiya klubi futbolchini 5 million yevro evaziga ijaraga oladi. Bir yildan so‘ng “neradzurrila” futbolchini 30-34 million yevroga sotib olishi mumkin.
Balde Keyta “Inter” bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolaydi. O‘tgan mavsum senegallik futbolchi 23 ta uchrashuvda 3 ta gol urishga erishgan.