Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 0-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Bolalar futboli. Buxoroda Mustaqilligimizning 27 yilligiga bag‘ishlangan musobaqa bo‘lib o‘tdi

Bolalar futboli. Buxoroda Mustaqilligimizning 27 yilligiga bag‘ishlangan musobaqa bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan yil boshida tasdiqlangan taqvim rejasiga ko‘ra, 2018 yil davomida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida 1000ta musobaqa o‘tkazish belgilangan edi. 

Bugungi kunga kelib o‘tkazilgan musobaqalar soni 600 tadan oshib ketdi. Shunday musobaqalardan navbatdagisi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yillik tantanasi hamda “Paxtakor – 79” xotirasiga bag‘ishlab 2010-2011 yillarda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada jami 4 jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Yurtimizda yozning jazirama kunlari hukmronlik qilayotgan bo‘lishiga qaramay, yosh futbolchilar o‘rtasidagi uchrashuvlar qizg‘in kurashlar ostida o‘tdi.

Musobaqada PFK “Buxoro” jamoasi g‘olib chiqqan bo‘lsa, 2-o‘rin “Intersport” (Toshkent) jamoasiga, 3- o‘rin esa BO‘FM-28 jamoasiga nasib etdi. Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilar O‘FA, Buxoro futbol assosiasiyasi, PFK “Buxoro” tomonidan Kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Quyida musobaqada qayd etilgan natijalar bilan tanishtirib o‘tamiz:   Intersport (Toshkent) - BO‘FM-28 4:2 PFK Buxoro – IBO‘FM-3 2:0 Intersport (Toshkent) - IBO‘FM-3 4:0 PFK Buxoro – BO‘FM-28 1:1 Intersport (Toshkent) - PFK "Buxoro" 1:2 BO‘FM-28 – IBO‘FM-3 4:0
Manba: ufа.uz
Kiritildi: 11:20, 15.08.2018.
O'qildi: 1876 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик