Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston OTJ Qatarni yirik hisobda yutib, muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston OTJ Qatarni yirik hisobda yutib, muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Osiyo o‘yinlaridan o‘rin olgan ikkinchi o‘yinni Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi.   Uchrashuv to‘laligicha terma jamoamiz a’zolari ustunligi ostida o‘tdi. 37-daqiqada Zabihullo O‘rinboyev hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada Ikrom Aliboyev jarimadan ajoyib gol kiritib, hisobni 2:0ga yetkazdi.   Birinchi bo‘lim 2:0 hisobida vakillarimizning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan futbolchilarimiz tezkor gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Doston Hamdamov 47-daqiqada raqibni chiroyli tarzda aldab, Qatar darvozasini ishg‘ol qildi – 3:0. 49-daqiqada Javohir Sidiqov bo‘sh qolgan darvozaga osonlik bilan to‘pni yo‘llab hisobni 4:0ga yetkazgan bo‘lsa, 53-daqiqada Jaloliddin Masharipov o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng penaltidan gol kiritdi va hisob 5:0ga yetdi.

76-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Bobur Abduxoliqov Qatar darvozasiga gol kiritib, yakuniy hisob 6:0 bo‘lishini ta’minladi. 

Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, O‘zbekisto OTJ hali bu musobaqada o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.

Ushbu g‘alaba Ravshan Haydarov shogirdlariga muddatidan avval keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim qildi. Keyingi uchrashuvni vakillarimiz Tailand terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.

Ma’lumot uchun, 2010 yil Xitoyning Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi pley offda Qatarga qarshi bahs olib borib, 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Osiyo o‘yinlari. Qatar OTJ - O‘zbekiston OTJ 0:6 Gollar: Z.O‘rinboyev (37), I.Aliboyev (43), D.Hamdamov (47), J.Sidiqov (49), J.Masharipov (53), B.Abduxoliqov (76) Qatar OTJ: M.Badriddin, T.Salmon, U.Alimadiy, T.Almuhaza, A.Hesaba, M. Al Shammariy, N.Al nasr,J.Omar, M.Faraj, A.Al Saadiy, O. Al Ahmad. O‘zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Abbos Otaxonov (Doniyor Narzullayev, 55), Doston Tursunov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Ikrom Aliboyev, Odil Hamrobekov, Doston Hamdamov, Javohir Sidiqov (Jasurbek Yaxshiboyev, 76), Jaloliddin Masharipov, Zabihullo O‘rinboyev (B.Abduxoliqov, 60).

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 18:55, 16.08.2018.
O'qildi: 7660 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.