Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Islanliyani yuksaklikka ko‘targan murabbiy Rossiya chempionatida ishlashga tayyor...

Islanliyani yuksaklikka ko‘targan murabbiy Rossiya chempionatida ishlashga tayyor...

Baho:
+ | -

Islandiya milliy jamoasida portlash effektini yuzaga keltirgancha murabbiylar katta sahnasiga chiqqan va JCH-2018 yakunida iste’foga chiqishni ma’qul ko‘rgan Xeymir Xadlgrimsson faoliyatini Rossiya Prem­er-ligasida davom ettirishga tayyor.

Unga munosib taklif tushsa, bas. Har holda, Islandiya futbolini bir pog‘ona yuqoriga ko‘targan murabbiy «SSF» nashri muxbirlari bilan suhbat davomida kutilmagan iste’fosi sabablariga to‘xtalish barobarida rus diyorida ishlashga moyil ekanligini yashirmadi.

MURABBIY BO‘LISH YAXSHIMI YOKI DANTIST?

- Islandiya milliy jamoasi futbolchilari haqiqiy viking va jangchi sifatida gavdalanib, nafaqat muxlislar, balki rossiyalik ayollarda ham juda yaxshi taassurot uyg‘otishdi. Jahon chempionatidek yirik turnirda chetdan bo‘lgan kuchli e’tibor sizlarga nechog‘li xalaqit berdi?

- Dunyoda ayollar e’tiboridan ko‘ra, ming chandon yomon ta’sir qiluvchi holatlar yo‘q emas. O‘z o‘rnida alohida ta’kidlashim kerak, bu borada omadimiz chopdi: Rossiya - go‘zal ayollar makoni ekanligiga amin bo‘ldik. Shuningdek, Rossiya va Islandiyaning o‘xshash jihatlarini ham payqadim.

Deylik, har ikki yurtda murakkab ishlarni bajarish juda mushkul ekanligini yaxshi bilishadi va buni uddalaganlarga to‘liq hurmat bilan yondashishadi. Mashhurlikka kelsak, Zolushka haqidagi tarix kimga yoqmaydi?

Kichik mamlakat jamoasi gohida nisbatan kuchli raqibga nafaqat tengma-teng kurash taklif etadi, balki mehnatsevarlik, jasorat va aniq yo‘lga qo‘yilgan o‘yin evaziga uni dog‘da qoldirishi ham mumkin. Demakki, muxlislar va muxlisalarning kuchli e’tiborini to‘g‘ri tushunish kerak - shogirdlarim shunga munosib harakat qilishdi.

- Rossiyada Islandiya termasini naqadar yaxshi ko‘rishlariga shaxsan o‘zingiz guvoh bo‘ldingiz. Hozir hammani bitta masala qiziqtirmoqda: Xadlgrimsson shunday sevimli jamoa bilan nega xayrlashishga qaror qildi?

- Ochig‘i, bu juda qiyin qaror. Zero, muxlislar ham, futbolchilar va milliy federasiya vakillari ham jamoada qolib, ishimni davom ettirishimni so‘rashdi. Chunki termamiz to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha ketayotganini hamma ko‘rdi.

Shunga muvofiq, ko‘pchilik jamoa bilan olg‘a qadam bosishdan to‘xtamasligimni istadi. Biroq milliy terma ravnaqi yo‘lida 7 yil xizmat qildim, bu vaqtda bor salohiyatimni ishga soldim. Agarda takliflarga ko‘nib, shartnoma muddatini uzaytirganimda, men jamoada o‘tkazgan umumiy vaqt naq 10 yilga yetardi.

Qisqasi, barchasini obdon o‘yladim, tahlil qildim va yakunda xulosam shu bo‘ldiki, boshqacha muhit, yangicha motivasiyaga ehtiyojim bor, Islandiya termasiga esa boshqa murabbiy kerak. Harqalay, futbolchilar 7 yil davomida menga quloq solishdi, g‘oyalarimni eshitishdi, ular biroz zerikishgandir (kuladi).

O‘ylaymanki, Islandiya futbolida amalga tatbiq etilgan tizim joyida, mana, biz tanlagan model natija bermoqda. Shunday ekan, barchasida sobit turib, dalil qadam bosaverish kerak.

Endi yangi bosh murabbiy o‘yin uslubiga qandaydir yangiliklar olib kirib, futbol sifatini yanada oshirishi mumkin. Men esa milliy jamoadan qoniqish hissi bilan xotirjam holda ketyapman: «Ish talab darajasida bajarildi». Faqat buyog‘iga boshlangan harakat to‘xtab qolmasa, bas.

- Aytishlaricha, onangiz tish doktori bo‘lishingizni xohlagani tufayli vaqtida futbolni chetga surib qo‘yib, uzoq muddat o‘qigan ekansiz. Siz aytayotgan yangicha motivasiya mabodo tibbiyot sohasiga bog‘liq emasmi?

- Shu joyda onamni maqtashim joiz. U ajoyib va dono ayol. Deylik, meni tibbiyotga yo‘naltirganida, Islandiyada dantist futbol murabbiyiga nisbatan ancha ko‘p pul topishini o‘ylagan va bu to‘g‘ri fikr edi. Lekin vaziyat o‘zgardi, mana, milliy jamoa bosh murabbiyi sifatida stomatologiya muassasasidagidan ancha ko‘p ishladim.

Shunday ekan, bu masalada gapirishga hojat yo‘q, albatta, moddiy ta’minoti yaxshiroq futbolda qolaman (kuladi). Har holda, niyatim shunday va hozir turli takliflarni o‘rganib chiqyapman. To‘g‘ri, tan olishim kerak, futbolda o‘z mamlakating milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ko‘ra, qiziqarliroq va faxrliroq yumush topish mushkul.

MAGNUSSON SSKAga MUNOSIB...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:51, 16.08.2018.
O'qildi: 3254 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.