Bordo” hujumchisi Gaetano Laborde rasman “Monpelye” futbolchisiga aylandi. Bu haqda, “Monpelye”ning rasmiy sayti e’lon qildi.
Laborde jamoaning yangi futbolchisi sifatida tanishtirildi. Uning transfer narhi 3 mln yevroni tashkil qildi.
Laborde “Monpelye” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
E’tiborga olish kerak, “Bordo” bosh murabbiyi Gustavo Poyet bu futbolchini sotib yuborilganidan norozi. Poyet rahbariyat uning iltimosini bajarmaganligi tufayli jamoani tark etishi ham mumkin.