Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Fransiyaning «sayoq» superkubogi sayri: Kanadadan Xitoygacha

Fransiyaning «sayoq» superkubogi sayri: Kanadadan Xitoygacha

Baho:
+ | -

«PSJ» va «Monako» klublari bu safar mamlakat superkubogi taqdiriga Xitoyning Shenjen shahrida oydinlik kiritdi. Aytish joiz, fransuzlar yangi mavsumni ochib beruvchi o‘yin mamlakat tashqarisida o‘tishini odat tusiga olib kirishgan.

Deylik, Xitoy bu yil Fransiya superkubogiga ikkinchi marta o‘z bag‘rini ochdi. 2014 yili «PSJ» Pekinda joylashgan «Proletariya» arenasida «Gengam»ni 2:0 hisobida yenggandi.

Xo‘sh, «sayoq» superkubok yana qaysi yurtlarda mehmon bo‘lgan? «SSF» shu haqda alohida ma’lumot taqdim etishni lozim ko‘rdi.

2009 yil 25 iyun. Monreal (Kanada)

«Bordo» - «Gengam» - 2:0 (1:0)

«Olimpiya» stadioni. 34000 tomoshabin.

Gollar: Kavenagi (39), Menegasso (90).

Fransuz tili ommalashgan Kanadadagi uchrashuv muxlislarni uncha qiziqtirmagandi. Har holda, amerikacha futbolga o‘xshab ketadigan mahalliy o‘yin vaqti 65 ming atrofida odam yig‘adigan «Olimpiya» stadioni (Olimpiada-76ning bosh arenasi)ga «Bordo» va «Gengam» to‘qnashuvini ko‘rish uchun atigi 34 ming kishi tashrif buyuradi.

O‘sha vaqt «Bordo» ancha kuchli edi va superkubok o‘yinida amaldagi chempion sifatida qatnashgandi. Hisobni ochgan argentinalik Fernando Kavenagi klub futbolidagi oxirgi eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazadi. Chunonchi, u keyinchalik mavsum doirasidagi 20ta o‘yinda atigi 3ta gol uradi va chempionat tugagach, ijara kelishuvi asosida «Malyorka»ga yuboriladi.

2010 yil 28 iyul. Rades (Tunis)

«Marsel» - «PSJ» - 0:0

Pen. bo‘yicha - 5:4

«Olimpik je Rades - 7 noyabr» stadioni. 57000 tomoshabin.

Bir yildan keyin Fransiya superkubogi Afrikaga yo‘l oladi - 1956 yili mustaqillikka erishgan mamlakatning sobiq koloniyasi Tunisga. O‘yin uchun sig‘imi 65 mingga teng «7 noyabr» stadioni tanlanadi va arena deyarli to‘ladi.

Darvoqe, Tunisda 2010 yilning dekabrida xalq namoyishlari boshlangan va hammasi keyingi yilning 14 yanvarida mamlakat prezidenti Ben Alining qochib ketishi bilan tugagandi. Ushbu voqea sharafiga arena nomini «14 yanvar», deya o‘zgartirishadi, keyinchalik u «Olimpiya» iborasini oladi.

Tunis termasi o‘z o‘yinlarini aynan shu stadionda o‘tkazishini ta’kidlash o‘rinli. Fransuzcha o‘yinga kelsak, maydonda jangovar kurash boradi, biroq 57 ming muxlis asosiy vaqtda birorta gol ko‘rmaydi. To‘g‘ri, penaltilar seriyasi dramatik tus olib, yakunda omad amaldagi chempion - «Marsel»ga kulib boqadi.

2011 yil 27 iyul. Tanjir (Marokash)

«Lill» - «Marsel» - 4:5 (1:0)

«Stad de Tanjir» stadioni. 33900 tomoshabin.

Gollar: Balmon (9), E.Azar (57), M.Sou (72), Basha (90+2) - A.Ayyu (71, 90-pen., 90+5-pen.), Jorel (85), Remi (87).

Marokashliklar esa keyingi yili «Marsel» va «Lill» ijrosida chinakam triller ko‘rishadi. Bunda janubliklarga yana 11 metrlik jarima zarbasini bajarish san’ati qo‘l keladi. «Lill» o‘yinga chempion va kubok sohibi sifatida kirishgandi, «Marsel» esa vise-chempion maqomida.

«Doglar» tarkibida yosh Eden Azar porlaydi va «Lill» aynan uning sa’y-harakatlari (gol va samarali uzatma) evaziga 71-daqiqada 2:0, 85-daqiqada esa 3:1 hisobida oldinga chiqib oladi, biroq jamoa vakillari keyinchalik Andre Ayyuni to‘xtatib qololmaydilar.

Xullas, «Marsel» safida debyutini nishonlagan afrikalik hujumchi 2ta penaltini aniq amalga oshirib, o‘yin qahramoniga aylanadi. Marokash ham Fransiyaning Afrikadagi sobiq koloniyalaridan biri ekanligini eslatish joiz.

2012 yil 28 iyul. Nyu-Jersi (AQSH)

«Monpelye» - «Lion» - 2:2 (1:1)

Pen. bo‘yicha - 2:4

«Red Bull Arena» stadioni. 15100 tomoshabin.

Gollar: Utaka (27), E.Errera (56-pen.) - Gomis (44), Brian (77).

2012 yili Trophe des Champions ilk marta fransuz tili ommalashmagan hududda mehmon bo‘ladi. Liga 1 rahbarlarini AQSHning ulkan bozori qiziqtirgandi. Biroq sig‘imi 25 mingga teng «Red Bull Arena» atigi 60 foiz to‘ladi, xolos. Bu safar ham mamlakat chempioni («Monpelye») yutqazadi, faqat uning raqibi ancha omadli va kuchli edi...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 23.08.2018.
O'qildi: 3224 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.