Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Svetlana Radzivil — 3 karra Osiyo O‘yinlari g‘olibi!

Svetlana Radzivil — 3 karra Osiyo O‘yinlari g‘olibi!

Baho:
+1 | -

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo O‘yinlarida o‘zimizga "tegishli" bo‘lgan yo‘nalishda oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritdik.

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan balandlikka sakrash bahslarida Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova muxlislarga qiziqarli mashqlarni taqdim etishdi. Sportchilar 165 sm.dan boshlab sakrashni amalga oshira boshlashdi. 180 sm.ga kelib, sahnada bor-yo‘g‘i 4 nafar sportchi qoldi. 184 sm. balandlikdan esa Nadiya va Svetlanadan tashqari qozog‘istonlik Nadejda Duboviskaya uchinchi urinishda sakrab o‘tdi va bronza medalini hal qildi.

Atletlarimiz esa oltin medal uchun o‘zaro kurashni davom ettirishdi. Ustunlik goh u, goh bu sportchi tomoniga o‘tdi. Ular 188, 191 va 194 sm.ni zabt etishdi. Nihoyat balandlik 196 sm.ga ko‘tarildi. Radzivil ilk urinishdayoq bu marrani zabt etdi hamda o‘ziga tegishli Osiyo O‘yinlari rekordi (195 sm, Guangjou-2010) rekordini yangiladi. Nadiya esa avval bundan sakray olmadi va to‘siqni 198 sm.ga ko‘tarishlarini so‘radi. Ammo uning urinishlari samarali chiqmadi.

Shu tariqa, Svetlana Radzivil ketma-ket uchinchi marta Osiyo O‘yinlari g‘olibiga aylandi. Dusanova esa Guangjou-2010da kumush, Inchxon-2014dagi bronzadan keyin, yana kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:17, 29.08.2018.
O'qildi: 6435 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик