Bugun, 30 avgust kuni Osiyo o‘yinlarining 12-kun musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Unda ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilarning chiqishlariga oid ma’lumotlarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo‘ladi. Sahifa avtomat ravishda yangilanadi.
Kurash. Ikki o‘zbek kurashchisi finalda bellashgan bahsda Shermuhammad Jandreev Yahyo Imomov ustidan kichik hisobda ustunlik qilib, g‘alaba qozondi va oltin medalga ega chiqdi. Yahyo Imomov esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, kurashchilarning ijobiy faolliklaridan so‘ng O‘zbekiston sport delegasiyasining umumjamoa hisobidagi medallari soni 52 taga yetdi. Oltinlar 15 ta, kumush 19 ta va bronza 18 ta. O‘zbekiston sport terma jamoasi onlayn tabloda 6-o‘rinni egallab turibdi.
Kumush Yuldasheva Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston hisobiga 14-oltin medalni qo‘shib qo‘ydi!
Kurash. Shermuhammad Jandreev yarim finalda quvaytlik Husayn Misriga qarshi gilamga chiqdi va raqibini mag‘lub etdi. Demak, finalda o‘zbek kurashchilari o‘zaro to‘qnash keladilar.
Kurash. Yahyo Imomov qozog‘istonlik raqibidan ustun keldi va finalga chiqdi.
Kurash. Kumush Yuldasheva Xitoy Taypeyi vakilasini mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi. Endi u oltin medal uchun mo‘g‘ulistonlik Muniktsetseg Otgonga qarshi gilamga chiqadi.
Velosport. Murod Xolmurodov o‘z chiqishini boshladi. Hamyurtimizga omad!
Kurash. Shermuhammad afg‘onistonlik, Yahyo esa turkmanistonlik raqiblarini mag‘lub etib, yarim finalga chiqishdi.
Kurash. Kumush Yuldasheva yarim finalga yo‘l oldi. Yahyo Imomov va Shermuhammad Jandriyevlar chorak finalda jang qiladilar.
Trampolin bo‘yicha bahslarda ishtirok etayotgan hamyurtlarimizning har uchchalasi finalga chiqdi.
Kurash bo‘yicha bahslar boshlanib ketdi. Bugun to‘rt nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib boradi.
Dzyudo. Gulnoza Matniyazova yarim finalda janubiy koreyalik raqibasiga yutqazib qo‘ydi. Endi u bronza medali uchun kurashadi.
Dzyudo. Afsuski, G‘iyos Boboyev va Sharofiddin Boltaboyev chorak finalda imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Gulnoza Matniyazova esa yarim finalga yo‘l oldi. Boltaboyev mo‘g‘ulistonlik raqibga qarshi bahsda jarohat oldi.
Dzyudo. Gulnoza Matniyazova ham g‘alaba bilan boshladi. U ilk jangida hindistonlik raqibini mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi.
Eshkak eshish. 1000 metrga kanoeda eshkak eshgan Nurislom To‘xtasin o‘g‘li va Serik Mirbekov juftligi marraga uchinchi bo‘lib yetib bordi va BRONZA medalini qo‘lga kiritdi.
Dzyudo. Sharofiddin Boltaboyevda ham g‘alaba. U ilk jangida livanlik raqibdan ustun keldi va chorak finalga yo‘l oldi.
Eshkak eshuvchilarimizdan yana bitta medal. 1000metrga juftlik bahslarida startga chiqqan Shahriyor Mahkamov va Shohruhbek A’zamov marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va BRONZA medaliga sazovor bo‘lishdi.
Dzyudo bo‘yicha bahslar start oldi. G‘iyosjon Boboyev yamanlik raqibini mag‘lub etdi va chorak finalga chiqdi.
Eshkak eshish. OLTIN MEDAL! Vadim Menkov Osiyo o‘yinlarining to‘rt karra chempioni!!! Hamyurtimiz marraga birinchi bo‘lib yetib bordi va yakunda musobaqa g‘olibiga aylandi. Bu Vadim uchun Osiyo o‘yinlaridagi to‘rtinchi oltin. Bungacha u Doxa, Guanchjou va Incheonda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida chempion bo‘lgan! U bunday natijaga erishgan birinchi o‘zbek sportchisi bo‘ldi.
Ot sporti. Chavandozlarimiz ham o‘z ishtiroklarini boshlab yuborishgan.
Eshkak eshish. 500 metr masofaga to‘rt kishilik ekipajda o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari marraga beshinchi bo‘lib yetib borishdi.
Eshkak eshish. Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda Dilnoza Rahmatova/Nilufar Zokirova tandemi marraga ikkinchi bo‘lib yetib bordi va KUMUSH medalni qo‘lga kiritdi.
Birozdan so‘ng akademik eshkak eshish bahslari boshlanadi.
Bugun Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxati:
Dzyudo:
(saralash va final)
-57kg: Amangul Allanazarova
-70kg: Gulnoza Matniyazova
-73kg: G‘iyosjon Boboyev
-81kg: Sharofiddin Boltaboyev
Kurash:
(saralash va final)
-90kg: Shermuhammad Jandriyev
-90kg: Yahyo Imomov
-78kg: Dilroza Bozorova
-78kg: Kumush Yuldasheva
Trampolin:
(saralash va final)
Amiran Babayan
Samirbek Usmonov
Farangiz Ro‘ziyeva
Ot sporti:
(YAkkalik)
Nurjan Tuyakboyev
Oqil Sobirjonov
Velosport:
(trek)
Murod Xolmurodov (omnium)
Rinata Baymetova (3 000m)
Baydarka va kanoeda eshkak eshish:
Shohruh A’zamov, Shahriyor Mahkamov (juftlik, qayiq, 1000 m, final)
A.Tropin, V.Ibragimov, J.Nurmatov, A.Machalov (to‘rttalik, qayiq, 500 m, final)
Vadim Menkov (yakkalik, kanoe, 1000 m, final)
Nurislom To‘xtasin o‘g‘li, Serik Mirbekov (juftlik, kanoe, 1000 m, final)
Yekaterina Shubina (yakkalik, qayiq, 500 m, final)
Dilnoza Rahmatova, Nilufar Zokirova (juftlik, kanoe, 500 m, final).