Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 0-0 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 2-0 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 0-0 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Qizil kartochkalar! penalti! PSJ g‘alaba qozondi

Qizil kartochkalar! penalti! PSJ g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionati 4-turi “Nim” va PSJ uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Stad de Kostyere” o‘yingohida kechgan uchrashuvda parijliklar g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida Neymar hisobni ochgan bo‘lsa, oradan to‘rt daqiqa o‘tar-o‘tmas Anxel Di Mariya mehmonlarning ikkinchi golini urdi.

Ikkita goldan so‘ng hotirjamlikka berilgan amaldagi chempionlar o‘z darvozalaridan ikkita to‘p olib chiqishdi. Antonena Bobishon va Teji Savanyelarning gollaridan so‘ng o‘rtadagi muvozanat tiklandi.

O‘yinning 77-daqiqasida Kilian Mbappe parijliklarni yana oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Edinson Kavani o‘yinga nuqta qo‘ygan golga muallif bo‘ldi. Ikki jamoa ham o‘yinni bir kishi kam bo‘lib tugatishdi, Mbappe va Savanye qizil kartochka olib maydonni tark etishdi.

Shu tariqa, «PSJ» ketma-ket to‘rtinchi turda g‘alabani qo‘lga kiritdi va turnir peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Fransiya chempionati, 4-tur

Nim – PSJ 2:4 (0:2, 2:2)

Gollar: 0:1 – 36 Neymar, 0:2 – 40 Di Mariya, 1:2 – 63 Bobishon, 2:2 – 71, penalti SavanYE, 2:3 – 77 Mbappe, 2:4 – 90+2 Kavani.

Nim – Bernardoni, Paki, Alakush, Landr, Brianson, SavanYE, Vall (Bozok, 87), Diallo (Bobishon, 46), Ripar, Giyom (Depre, 66), Tiub.

PSJ –  Areolya, Kimpembe, Tiago Silva, MenYE, Markinyos, Nsoki (Kerer, 67), Di Mariya (Draksler, 83), Rabyo, Kavani, Mbappe, Neymar (Nkunku, 90).

Ogohlantirishlar: Diallo (3), Mbappe (18), Neymar (51), Menye (58).

Chetlatishlar: Mbappe (90+4), Savanye (90+5).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:03, 01.09.2018.
O'qildi: 6312 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик