Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Isroil Madrimov noxush an’anani buzdi: Bayroqdorimiz oltin medal qo‘lga kirita oldi!

Isroil Madrimov noxush an’anani buzdi: Bayroqdorimiz oltin medal qo‘lga kirita oldi!

Baho:
+1 | -1

Nufuzli musobaqada o‘z delegasiyasi bayroqdori bo‘lish har bir sportchining orzusi va bu albatta katta sharaf hisoblanadi. Bunday vazifa har qanday sportchiga ham nasib etavermaydi. Ammo buning o‘ziga yarasha katta mas’uliyati, javobgarligi bor. Sen o‘z vataning bayroqdorimisan? Demak, yakunda eng yaxshi natijani ko‘rsata olishing kerak!

Milliy Olimpiya qo‘mitasi Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida ushbu sharafli vazifani to‘rt yil oldingi musobaqada kumush medal egasiga aylangan bokschi, Osiyo chempioni hisoblangan Isroil Madrimovga ishonib topshirgandi. Bu o‘z navbatida sportchi uchun kutilmagan holat bo‘lgandi: «Bu men uchun sharaf. Bayroqdor bo‘lishni har bir sportchi orzu qiladi. Men ham bu haqida orzu qilgandim. Biroq, bizda iste’dodli sportchilar juda ko‘p bo‘lgani sabab, men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. O‘zimga bildirilgan ishonchni oqlab, yakunda vatanimizga chempion sifatida qaytaman».

Bokschimiz musobaqa davomida juda ishonchli harakat qildi va finalgacha yetib bordi. Oltin medal uchun kurashda esa uni jiddiy raqib kutib turardi. Tasodifni qarangki, Abilxan Amankul Qozog‘iston sport delegasiyasining bayroqdori edi. Hal qiluvchi jangda Isroil qo‘shnilarimizning eng ishongan sportchisini mag‘lub etdi va Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.

E’tiborlisi, ushbu oltin medal orqali Isroil O‘zbekiston bayroqdorlariga oid noxush bir an’anani buzishga muvaffaq bo‘ldi. 1994 yildan buyon Osiyo o‘yinlarida bayroqdor bo‘lgan sportchilarimiz yakunda oltin medalga ega chiqa olmagandilar. Demak, Isroil bu borada birinchi bo‘ldi. Umid qilamizki, bundan buyon bayroqdorlarimiz Madrimov boshlab bergan ushbu yoqimli an’anani davom ettiradilar.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:46, 03.09.2018.
O'qildi: 6602 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик