Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Yaponiya chempionatida qaysi yulduzlar o‘ynashmoqda? (fotogalereya)

Yaponiya chempionatida qaysi yulduzlar o‘ynashmoqda? (fotogalereya)

Baho:
+ | -

«Barselona faxri Andres Inyesta samuraylar yurtida «olovli» gol urishga ulgurdi. O‘zi hamyurtimiz Fozil Musayev faoliyat yuritayotgan chempionat haqida nimalarni bilamiz?

Jahon futboli yulduzi Andres Inyesta J-ligada kimlar safiga qo‘shildi? Aytish kerak, Yaponiyada gollari hisobini ochishga ulgurgan sobiq «barsachi» mahalliy liganing yagona yorqin «reklama»si emas.

Chunonchi, «kunchiqar yurt»da yevrofutbolda keng miqyosda tanilgan boshqa o‘yinchilar ham bor.

Jo («Nagoya Grampus»). Ha, bu SSKA (Moskva) safiga qo‘shilgach, deyarli har bir o‘yinda o‘z hisobiga gol yozib qo‘ygan o‘sha jingalaksoch braziliyalik. To‘g‘ri, uning birinchi mavsumdayoq bosh to‘purarga atalgan sovringa ega chiqishiga jarohatlar to‘sqinlik qildi. Jo Yevropa futbol markazida bor iqtidorini namoyish etolmagandi, keyin Xitoy va BAAda binoyidek pul topdi.

Eng asosiysi, hujumchi hali goleadorlik qobiliyati yo‘qotgan emas. Qarang, yarim dunyoni kezib chiqqan Jo o‘tgan yili Braziliyaga qaytib, «Korintians»ning chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi va Enrike Dorado bilan birga bosh to‘purar maqomiga erishdi - 18ta gol. Vaholanki, Jo hozir 31 yoshda.

Xullas, o‘z yurtida ehtirosli futboldan quvvatlangan futbolchi kutilmaganda, Yaponiyada o‘ynashni ixtiyor etdi va to‘liqsiz mavsumda 10tacha gol urdi.

Lukash Podolski («Vissel Kobe»). Germaniyalik 33 yoshli polyak hamon futbol ichida. Inyestaning yapon diyoridagi debyut goliga aynan Podolski hammualliflik qildi.

Umuman, Lukashni jahon fuqarosi sifatida ta’riflash mumkin: tomirida polyaklar qoni oqadi, pasporti Germaniyaniki, yashash joyi - duch kelgan o‘lka. Aytishlaricha, bu futbolchi vaqtida Rossiyada o‘ynashga moyillik sezgan, faqat eng so‘nggi pallada Londonning «Arsenal» klubini «Lokomotiv»dan ustun ko‘rgan.

Ha, Lukash Yaponiya chempionatida eng sermahsul o‘yinchilar qatorida emas, ammo mahalliy hayot tarziga osongina ko‘nikib ulgurdi.

Ugu Viyeyra («Yokogama F. Marinos»). Vaqtida Moskvaning «Torpedo»sida o‘ynagan va rus borshini yoqtirib qo‘ygan o‘yinchi. Rossiyadagi faoliyati davomida uning mahbubasi - Edin saraton xastaligi bilan kurashgandi.

Afsuski, natijasiz. Ugu «Torpedo»dan ketgach, «Srvena Zvezda» safiga qo‘shildi. Bu orada uni Xitoyga chorlashdi, ammo hujumchi Edinga chempion bo‘lish haqida va’da berganini aytib, Osiyo safarini ortga surdi.

Xullas, portugaliyalik o‘z so‘zi ustidan chiqqanidan keyingina Serbiya birinchiligi bilan xayrlashdi. Viyeyra ayni payt Yaponiyada ancha mashhur, xususan, «Yokogama F. Marinos»da muhim rolga ega.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 06:44, 05.09.2018.
O'qildi: 10471 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.