Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ektor Kuper: "Bu tarkib mazkur ikki o‘yin uchun yig‘ildi"

Ektor Kuper: "Bu tarkib mazkur ikki o‘yin uchun yig‘ildi"

Baho:
+1 | -1

Hozirgina "Milliy" stadion anjumanlar zalida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va terma jamoa sardori Odil Ahmedovlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Milliy terma jamoamiz ustozi savollarga javob berdi.

"O‘zbekiston terma jamoasini qabul qilib olganimdan keyin birinchi qiladigan ishim qo‘l ostimdagi futbolchilar bilan tanishuv bo‘lishi kerak edi. 22 avgust kuni yig‘inga kirishgan bo‘lsak, futbolchilarni birinchi navbatda inson sifatida o‘rganishdan boshladim. O‘zbekiston milliy terma jamoasining oldingi o‘yinlari o‘rgandim, tahlil etdik. Qo‘l ostimda jamlangan futbolchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazib ularning jismoniy tayyorgarligini kuzatdim.

Hozirgi tarkib Suriya va Eron o‘yinlari uchun yig‘ilgan bo‘lib, keyingi o‘yinlarda tarkibga yangi o‘yinchilar ham jalb qilinishi ehtimoldan holi emas.

Terma jamoa o‘yin uslubi va taktikasiga o‘zgarishlar amalga oshirishga majbur bo‘ldik. Bu narsa tugamadi, bu kelajak uchun qilingan ishlar hisoblanadi. Hozircha Janubiy Koreyada o‘ynayotgan ikki futbolchi terma jamoa yig‘iniga yetib kelmadi. Bundan tashqari Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov kecha Toshkentga yetib kelishdi. Ertaga Suriya va 11 sentyabr kuni Eron bilan o‘rtoqlik uchrashuvlaridan keyin terma jamoa holati haqida gapirishim mumkin. Futbolchilarning barcha o‘yinlarini kuzatib boraman va hozirgi chaqirilgan o‘yinchilar keyingi yig‘inlarda bo‘lmasligi, ularning o‘rniga yangilari taklif etilishi mumkin.

Men terma jamoadagi mengacha ishlagan barcha murabbiylarning ishini hurmat qilaman. O‘yinchilarimiz texnik jihatdan juda ham yaxshi holatda. Mashg‘ulotlar jarayonida global o‘zgarishlar qilganimizcha yo‘q. Shu sabab ham birinchi o‘yindanoq mo‘’jizalar kutmasligingizni so‘rayman.

Terma jamoa o‘yinidagi o‘zgarishlar eng kamida bir oydan so‘ng ko‘zga tashlanishiga umid qilyapman

Men o‘yinchi tanlashda eng avvalo jismoniy holatiga e’tibor beraman. O‘z klubida yaxshi to‘p surayotgan barcha o‘yinchilarni kuzatishga harakat qilaman.

O‘rtoqlik uchrashuvida qatnashmagan bo‘lsa ham, natija muhim o‘yinlarda klubida o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchini terma jamoaga taklif qilishdan cho‘chimayman. Optimal holatdagi barcha o‘yinchilar uchun terma jamoaning eshiklari doimo ochiq

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomoniga men tomonimdan qo‘yilgan barcha talablar ijobiy qondirib kelinmoqda. Men imkoniyatlarimdan kelib chiqqan holda harakat qilaman va ayrim kamchiliklar yuzaga keladigan bo‘lsa, buni bahona qilib ish uslubimni o‘zgartirmayman. Lekin shu kungacha hech qanday kamchilik kuzatilgani yo‘q

Futbolchilarga aytadigan eng birinchi gapim, Vataningizni va terma jamoangizni doimo seving!

Biz asta-sekin barcha o‘yinchilarni, jumladan Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida qatnashgan futbolchilarni ham o‘rganamiz va imkoniyatlarini chamalab kerak bo‘lsa terma jamoaga taklif etamiz. Osiyo o‘yinlarida qatnashgan futbolchilarning ayrimlargi terma jamoani kuchaytira olish salohiyatiga ega

Dunyo amaliyotida mashg‘ulotlar jarayoni jurnalistlar uchun 15 daqiqa ochiq bo‘ladi va vaqt tugagach, jurnalistlardan mashg‘ulot jarayonini tark etishlarini so‘raymiz.", - deydi Kuper.

Manba: t.me/metallurguz
Kiritildi: 12:39, 05.09.2018.
O'qildi: 13023 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.