Superliganing ikkinchi bosqichiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Sherlar" nazorat bellashuvida maydonga tushadi.
6 sentyabr, payshanba kuni "Paxtakor" stadionida "So‘g‘diyona" bilan uchrashuv o‘tkaziladi. Ayni paytda asosiy tarkibning 7 nafar futbolchisi milliy terma jamoalar yig‘iniga jalb etilgani sababli mashg‘ulotlarda ishtirok etishmayapti.