Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Toshkentda kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugun, 6 sentyabr kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun I Xalqaro turnir o‘tkazilmoqda. Bahslar davomida jahonning 40 ga yaqin mamlakatidan polvonlar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.

Asosiy bellashuvlar oldidan musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, O‘zbekiston kurash federasiyasi rahbari Otabek Murodov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonovlar xam ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Otabek Murodov va Jahongir Ortiqxo‘jayevlar so‘zga chiqishdi va start olgan musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarga omad tilashdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa erkaklar o‘rtasida mutlaq vazn toifasida tashkil qilinmoqda.

Turnirning sovrin jamg‘armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Birinchi o‘rin egasi 50 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi o‘rin 25 000 AQSH dollariga ega bo‘lsa, uchinchi o‘rinni band etgan polvonlar o‘z hisoblarini 10 000 AQSH dollari bilan boyitib oladilar. Shuningdek, 5-8 o‘rinni egallagan sportchilar ham 1250 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlanadilar.

E’tiboringizga ochilish marosimidan suratlarni taqdim etamiz:

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:59, 06.09.2018.
O'qildi: 3826 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик