Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Superliga. «Qo‘qon-1912» - «Nasaf». Prevyu

Superliga. «Qo‘qon-1912» - «Nasaf». Prevyu

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining ikkinchi bosqichi 23-tur uchrashuvlariga 13 sentyabrdan start beriladi. Bu turda “Nasaf”  “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan safarda bahs yuritadi.

Uchrashuv 13 sentyabr payshanba kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi.

Superligasi-2018. 23-tur

“QO‘QON-1912“ – “NASAF”

13.09.2018. Qo‘qon sh., “Markaziy” stadion. 18:00da

Bosh hakam: Ravshan Ermatov

Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov

Zaxira hakami: Davron Akmalov

Nazoratchi: Radik Seraziddinov

Uchrashuv komissari: Baxtiyor Namozov.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar shu paytgacha milliy chempionatimizda o‘zaro 18 marta tuqnash kelishgan. Shundan 4 uchrashuvda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. 13ta uchrashuvda “Nasaf” g‘alaba qozongan. Faqat  bir uchrashuvda jamolar murosaga kelishgan. Bu durang shu yili Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda qayd etilgan edi.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida 19-36.

Qo‘qondagi o‘zaro uchrashuvlarga oid

Mazkur jamoalar shu paytgacha Qo‘qonda 9 uchrashuvda bahs yuritishgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 4tasida “Qo‘qon-1912” jamoasi va yana 4tasida jamoamiz g‘alabaga erishgan. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi yagona 0:0 hisobidagi durang natija shu yili Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda qayd etilgan. Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda darvozalarga jami 24ta gol kiritilgan. To‘plar nisbati 14-10ni tashkil etmoqda. Ustunlik “Qo‘qon-1912” jamoasida.

Qo‘qondagi so‘nggi besh uchrashuv natijasi

24.04.2018. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 0:0

04.03.2017. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:2

26.08.2016. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:2

16.08.2015. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:3

18.08.2003. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 3:0
O‘zaro uchrashuvlardagi yirik hisoblar

Jamoamizning o‘zaro uchrashuvlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0ga teng. “Qo‘qon-1912”da bu ko‘rsatkich 3:0ga teng. Tarixda qolgan bu uchrashuvlar 2003 yili bo‘lib o‘tgan, “Nasaf” – “Temiryo‘lchi” 4:0 uchrashuvida jamoamizning o‘tmishdagi to‘purari – Zafar Xolmurodov xet-trik qayd etgan va Dilshod Mavlanov bir marta gol muallifi bo‘lgan. Ikkinchi davrada Qo‘qonda bo‘lgan uchrashuvda esa Shuhrat Rahmonqulov dublni nishonlagan, Shuhrat Yusupov esa darvozamizga bitta to‘p yo‘llagan.

Jamoalarning navbatdagi uchrashuvi 19-uchrashuv sifatida tarix sahifasidan joy oladi. Bu uchrashuv, “Nasaf”ning oliy ligadagi 641- uchrashuvi hisoblanadi.

“Qo‘qon-1912” - “Nasaf” jamoalarining o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv ham Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 12 sentyabr chorshanba kuni soat 16:00da boshlanadi.

Uchrashuvlarga marhamat qiling!

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 16:39, 10.09.2018.
O'qildi: 2472 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.