Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Yetakchi futbolchilarimiz va Iniliyeev Ektor Kuperning debyuti haqida...

Yetakchi futbolchilarimiz va Iniliyeev Ektor Kuperning debyuti haqida...

Baho:
+ | -

O‘zbekiston - Suriya (1:1) uchrashuvidan so‘ng terma jamoamizning yetakchi futbolchilari hamda tajribali murabbiy Rauf Inileev taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi. Xo‘sh, kim qanday fikrda?

Otabek Shukurov: «Hammasi yangicha usulda»

- Uchrashuv ham murabbiylar shtabi, ham biz - futbolchilar uchun muhim edi. Ektor Kuper jamoamiz bosh murabbiyi sifatidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi. Biz esa muxlislar ko‘z o‘ngida imtihon topshirdik. O‘yinning oson kechmasligini oldindan bilgandik. Odatda yangi murabbiy qo‘l ostidagi birinchi bahs og‘ir o‘tadi.

Murabbiylar maydonga tushishdan oldin asosiy e’tiborni himoyaga qaratishimizni uqtirishgani rost. Lekin orqa chiziqqa butunlay yopishib olmay, vaziyat yuzaga kelishi hamono hujumga o‘tishimizni ta’kidlashdi. Terma jamoa ixtiyoriga yetib kelganimga 3 kun bo‘ldi.

Muhimi, shu qisqa fursat ichida Kuperdan ko‘p narsa o‘rgandim. Mashg‘ulotlar, o‘yinga mutlaqo yangicha yondashuv. O‘ylaymanki, vaqt o‘tgani sayin kuchayib boramiz va keyingi uchrashuvlarda muxlislarni g‘alabalar bilan quvontiramiz.

Eldor Shomurodov: «Bizga ishonishda davom eting!»

- Ektor Kuperning mashg‘ulot olib borish jarayoni, o‘yin uchun tanlagan taktikasi, umuman, futbol falsafasi boshqacha. Tabiiyki, bu yangiliklarga to‘liq moslashish uchun ma’lum vaqt kerak. 1-2ta mashg‘ulot bilan ko‘zlangan maqsadga erishishning imkoni yo‘q. O‘ylaymanki, muxlislar ham buni to‘g‘ri tushunishadi va terma jamoamizga oxirigacha ishonishadi.

O‘z o‘rnida, biz - futbolchilar ham murabbiy ko‘rsatmalarini imkon darajasida sifatli bajarishga harakat qilamiz. Oldinda Osiyo kubogi bor. Menimcha, yanvar oyiga qadar jamoamiz o‘yini ancha izga tushadi. Muhimi, ishtiyoqni yo‘qotmasak, bas.

Sardor Rashidov: «Forslar bilan umuman boshqacha o‘ynaymiz»

- Suriya termasiga qarshi uchrashuv biz uchun oson kechmasligi kundek ravshan edi. Zero, har ikki jamoada yangi murabbiylar ish boshlashdi. Demakki, o‘yin nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar uchun ham o‘ziga xos ilk imtihon bo‘ldi. Qayd etilgan durang natijaga kelsak, menimcha, o‘rtoqlik o‘yinlari hisobi katta ahamiyatga ega emas...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:00, 11.09.2018.
O'qildi: 10288 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.