Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

O‘FA vakillari Rossiya futbol Ittifoqida tajriba o‘rganishdi

O‘FA vakillari Rossiya futbol Ittifoqida tajriba o‘rganishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘FAning bir guruh vakillari Dilshod Saidmurodov, Jo‘rabek Sabdarov va San’at Sharipov Rossiyada xizmat safarida bo‘lib kelgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Ular Rossiya futbol Ittifoqi prezidentining huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Denis Rogachev bilan uchrashuv o‘tkazishdi. 

Uchrashuvdan asosan 2 ta maqsad ko‘zlangan edi. RFIning huquqiy bo‘limlari faoliyati muhokama qilish hamda o‘rganilayotgan tajribalar asosida O‘zbekistonda ham FIFA talablariga mos holda ishlaydigan quyidagi huquqiy bo‘limlarni yaratish:

- Tortishuvlarni hal etish palatasi - Appelyasiya qo‘mitasi - Futbolchining mavqei bo‘yicha qo‘mita - Agentlar bo‘yicha qo‘mita

Birgina "Tortishuvlarni hal etish" palatasida 22ta odam ishlasa qolgan bo‘limlarda ham 7 kishidan 25 kishigacha xodim mehnat qiladi. Rais va uning yordamchisi, kasaba uyushmalaridan 10 kishi va klublardan ham shuncha ishchi qo‘mita a’zolari hisoblanishadi. Ular tez-tez yig‘ilib turishadi va ko‘plab masalalarni muhokama qilishadi.

Agar shikoyat beriladigan bo‘lsa, avvaliga "Futbolchining mavqei bo‘yicha" qo‘mitaga chiqiladi, undan so‘ng Mehnat shartnomasiga qaraladi. Shunda ham muammo hal bo‘lmasa ish Lozannadagi Sport Arbitraj sudiga uzatiladi.

Mutaxassislarimiz shu yilning noyabr oyida O‘zbekiston klublaridagi futbolchilar uchun maxsus huquqiy seminar tashkil qilish rejada borligini aytib, RFIdan vakillarni ushbu seminarga taklif etishdi va bu taklif mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Shundan so‘ng, O‘FA vakillarini RFI texnik direktori Andrey Leksakov qabul qildi. Uchrashuv davomida milliy terma jamoalarning bazasi bo‘lgan U--15, U-16 va boshqa kattaroq yoshdagi futbolchilar o‘rtasidagi musobaqalarni tashkil qilish borasida qiziqish bildirishdi. Bu yildan boshlab Granatkin xalqaro musobaqasiga O‘zbekiston vakillari ham taklif qilinadigan bo‘ldi. Leksakov mini-futbol, plyaj futboli, ayollar futboli borasida ham o‘zaro hamjihatli musobaqalar tashkil qilishga hayrixoh ekanligini bildirdi.

O‘zbekistonlik murabbiylarni o‘qitish va lizensiyalar borish borasida ham rossiyalik mutaxassislar o‘z yordamlarini ayamasliklarini ta’kidlashdi va o‘zbekistonlik murabbiylarning Rossiyaga malaka oshirishlarida ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini aytib o‘tishdi.

Uchrashuvda Rossiya uchun Osiyo futboli qiziq ekanligi ko‘p bor tilga olinib, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan hamkorlik ayni muddao bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘FA vakillari suhbat so‘nggida Rossiya futbol Ittifoqi xodimlariga O‘zbekiston hamda Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazish taklifi bilan chiqdilar. Bunga javoban RFI vakillari Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov bilan bo‘lib o‘tadigan suhbatda bu mavzuga  batafsil to‘xtalishga va’da berishdi.
Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:43, 11.09.2018.
O'qildi: 1791 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.