Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Bolalar futboli. O‘FA tomonidan o‘tkazilgan musobaqalar soni 730taga yetdi

Bolalar futboli. O‘FA tomonidan o‘tkazilgan musobaqalar soni 730taga yetdi

Baho:
+ | -
Yil boshida O‘zbekiston futbol Assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan 2018 yilda 1000ta musobaqa o‘tkazilishi aytilgan edi.

2018 yilning 10 sentyabr sanasiga qadar qilingan hisob kitoblarga ko‘ra, yil davomida O‘FA va hududiy Assosiasiyalar bilan hamkorlikda 730ta musobaqa o‘tkazib bo‘lindi. Eng quvonarlisi shundaki, musobaqalar endi faqat poytaxt bilan cheklanib qolmayapti, balki butun Respublikani o‘z ichiga olgan holda chekka-chekka qishloqlarga ham kirib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida mahalla yoshlari orasida o‘tkazilgan "Charm To‘p" musobaqasida 15 000 nafardan ko‘p yoshlarni qatnashgani katta natija bo‘ldi. Avgust oyida O‘FA tomonidan Surxondaryo viloyatida “Boysun tog‘lari”, Jizzax viloyatida “Zomin kubogi”, Buxoro viloyatida “Paxtakor-79”, Xorazm viloyatida “Pahlavon Mahmud” musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazildi.

Shuningdek, “Mustaqillik kubogi” oyligi shiori ostida Respublikamiz Mustaqilligining 27  yilligi tantanalariga bag‘ishlab barcha viloyatlarda futbol musobaqalari tashkil qilindi. Musobaqalarda ishtirok etgan jami 10 000 nafarga yaqin bolalarga O‘FA tomonidan maxsus esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Quyida, O‘FA  hududiy Assosiasiyalarining musobaqa o‘tkazish bo‘yicha reytingini havola qilamiz.

№  Viloyatlar  Jami 1  Andijon  54 2  Buxoro  29 3  Jizzax  53 4  Qashqadaryo  61 5  Qoraqolpog‘iston Respublikasi  45 6  Navoiy  62 7  Namangan  50 8  Samarqand  67 9  Sirdaryo  46 10  Surxondaryo  36 11  Toshkent viloyati  45 12  Toshkent shahar  100 13  Farg‘ona  42 14  Xorazm  40 Jami:  730   O‘FA oldida kuz faslida o‘tkaziladigan yana bir qator musobaqalar o‘rin olgan bo‘lib ular orasida eng katta musobaqa bu – 2001, 2002, 2003, 2004, 2005 yillarda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida Respublika musobaqasi hisoblanadi.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 12:06, 12.09.2018.
O'qildi: 2273 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.