Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Devis kubogi». Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Buyuk Britaniyaga qarshi o‘yinlarni boshlaydi

«Devis kubogi». Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Buyuk Britaniyaga qarshi o‘yinlarni boshlaydi

Baho:
+ | -

Bugun tennis bo‘yicha "Devis Kubogi" musobaqasida pley-off bahslari boshlanadi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jahon ligasiga chiqish uchun britaniyalik tennischilarga qarshi kortga chiqadilar.

14-16 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan uchrashuvlar uchun O‘zbekiston terma jamoasiga quyidagi tennischilar jalb qilingan:

Denis Istomin (jahon reytingidagi o‘rni - 60)

Jo‘rabek Karimov (434)

Sanjar Fayziyev (516)

Humoyun Sultonov (536)

Farruh Do‘stov (1086).

O‘yinlar bugun start oladi. Toshkent vaqti bilan soat 17:00da O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin mezbonlarning ikkinchi raketkasi Daniel Evansga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv yakunlangach, mezbonlarning birinchi raketkasi Kemeron Norri bizning ikkinchi raqamli tennischimiz Jo‘rabek Karimov bilan hisob-kitob qiladi.

Ertaga juftlik bahslari o‘tkaziladi. Hozircha terma jamoamiz sardori Petr Lebed ushbu bahsga Denis Istomin va Sanjar Fayziyevni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bugungi uchrashuvlarga qarab, juftlik bellashuvlarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin.

"Devis kubogi". Jahon ligasiga chiqish uchun pley-off o‘yinlari.

Shotlandiya. Glazgo. "Emireyts arena". Xard kort.

14-16 sentyabr. 5 ta uchrashuv.

Buyuk Britaniya - O‘zbekiston. 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:10, 14.09.2018.
O'qildi: 2781 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.