O‘zbekiston Superligasi 23-tur uchrashuvlari davom etadi. Kecha quyi oltilikda joylashgan jamoalar o‘rtasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “So‘g‘diyona” “Qizilqum”ni, “Qo‘qon-1912” “Nasaf”ni qabul qildi. Ikki uchrashuv ham durrang bilan yakunlandi.
Bugun esa, kuchli oltilikdan o‘rin olgan 2 ta uchrashuv bo‘ladi. Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Toshkentning “Pahtakor” klubini qabo‘l qiladi. Toshkentning yana bir jamoasi “Lokomotiv” esa Bekobotda “Metallurg” mexmoni bo‘ladi.
Superliga, 23-tur.
14 sentyabr, juma
18:00. “Metallurg” — “Lokomotiv”
20:00. “Navbahor” — “Paxtakor”
Qobiljonov Jaloliddin