Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Tokio 2020 ga tayyorgarlik boshlandi: O‘zbekistonda to‘rtta sport turidan seleksion musobaqalar o‘tkaziladi

Tokio 2020 ga tayyorgarlik boshlandi: O‘zbekistonda to‘rtta sport turidan seleksion musobaqalar o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Sir emaski, sportda eng yuqori cho‘qqi Olimpiya o‘yinlari g‘olibligi hisoblanadi. Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlari yakuniga yetgach, O‘zbekiston Tokio 2020 o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonini boshlab yubordi. Ikki yildan so‘ng o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston navbatdagi rekordlarni zabt etishga harakat qiladi. Bu yo‘lda keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshiriladi. Rejalar ham katta. Jumladan, shu yilning 24 sentyabr – 7 oktyabr kunlari Milliy olimpiya qo‘mitasi turli seleksiya musobaqalarini tashkil qilmoqda.

Bugun ana shu musobaqa tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda ishchi guruh a’zolari, yakkakurash sport turlari bo‘yicha federasiyalar rahbarlari ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida to‘rtta olimpiya sport turi – taekvondo WTF, boks, karate WKF va dzyudo bo‘yicha seleksion turnirning tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi dasturiga ko‘ra, seleksion ochiq turnirlarida quyidagi sport turlari vakillari ishtirok etadilar:

Taekondo WTF bo‘yicha bahslarda:

Taekvondo ITF
Taekvondo GTF
An’anaviy taekvondo
O‘zbek jang san’ati
Taekvondo ITF milliy assosiasiyasi
Junri taekvondo

Musobaqaning o‘tkazilish muddati: 24-26 sentyabr


Boks:

Kikboksing
Havaskor va professional muaytay
Qo‘l jangi
Ushu-sanda

Musobaqaning o‘tkazilish muddati: 27 sentyabr – 1 oktyabr

Karate WKF:

Milliy karate
An’anaviy karate
Shotakan
Fudokan

Musobaqaning o‘tkazilish muddati: 3-4 oktyabr


Dzyudo:

Milliy kurash
Belbog‘li kurash
Jiu-jitsu
Sambo

Musobaqaning o‘tkazilish muddati: 6-7 oktyabr.

Bellashuvlar Taekvondo WTF assosiasiyasiga qarashli «Universal” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Demak, yuqorida sanab o‘tilgan sport turlaridan olimpiya yo‘nalishlariga sportchilarni seleksiya qilish uchun ushbu musobaqa tashkil qilinadi. Asosiy maqsad – Tokio 2020 musobaqasiga eng sara sportchilarni tanlab olish va yangi nomlarni kashf etishdir.

Ma’lumot uchun, Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov ham o‘z vaqtida noolimpiya sport turi hisoblangan kikboksing bilan shug‘ullangan. To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan seleksiya samarasi o‘laroq u boks terma jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok eta boshlagan. Yakunda esa natija qanday bo‘lganini juda yaxshi bilasiz. Ajab emaski, tashkil etilayotgan ushbu musobaqa bizga yangi Hasanboylarni kashf qilib bersa.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:44, 14.09.2018.
O'qildi: 3439 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.