Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Milliy olimpiya qo‘mitasi muxlislarga yana bir xushxabarni yetkazdi

Milliy olimpiya qo‘mitasi muxlislarga yana bir xushxabarni yetkazdi

Baho:
+ | -

6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bundan avvalroq MOQ Argentinaga 36 nafar yosh sportimiz yo‘l olishi xaqida ma’lumot bergan edi.

Ammo Argentinaga 37 nafar sportchimiz yo‘l oladigan bo‘lgan. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Bugun siz azizlar bilan navbatdagi hushxabarni baham ko‘ramiz. Ya’ni bugun Milliy olimpiya qo‘mitasiga Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi (AIBA)dan maktub keldi. Unga ko‘ra, boks bo‘yicha qizlar o‘rtasida -51 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Xursanoy Xolmatova ham Buenos-Ayresdagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish xuquqiga ega bo‘lgan”, deya yozadi MOQ Matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, III yozgi Olimpiya o‘yinlari O‘zbekiston delegasiyasi uchun ishtirokchilar soni bo‘yicha avvalgi barcha rekordlarni yangiladi. 2010 yili Singapur mezbonlik qilgan I o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 21 nafar sportchi bilan ishtirok etgan bo‘lsa, 2014 yilda Nankinda tashkil etilgan Olimpiadada O‘zbekiston delegasiyasi 28 ta sportchidan tashkil topgandi. Buenos-Ayresga esa 37 nafar sportchi bilan jo‘nab ketiladi.

“Demak, natijalar yildan yilga yaxshilanib bormoqda.Biz Argentinada medallar soni va sifati bo‘yicha ham natijalarni yaxshilash niyatidamiz. Buenos-Ayres arenalarida o‘zini har tomonlama ko‘rsatadigan sportchilarimiz nasib qilsa yana 2 yildan so‘ng Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilish imkoniga ega bo‘lishadi”, deya qo‘shimcha qilgan MOQ.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:00, 17.09.2018.
O'qildi: 5428 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.