Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Muxlislarining salbiy xulqi tufayli «Navbahor» klubi jarimaga tortildi

Muxlislarining salbiy xulqi tufayli «Navbahor» klubi jarimaga tortildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga 23-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” bahsi davomida mahalliy muxlislar A. Asimov boshchiligidagi hakamlar guruhini bir necha bor nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilishdi.

Shuningdek, uchrashuvning ikkinchi bo‘limida muxlislar o‘tirgan sektorlardan ommaviy ravishda maydonga turli buyumlar, suv idishlari uloqtirildi.

Qayd etish joizki, “Navbahor” muxlislari bungacha “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Neftchi” jamoalariga qarshi kechgan safar uchrashuvlaridagi salbiy xulqi uchun ogohlantirilgan edi. Biroq “Navbahor” FK rahbariyati avvalgi ogohlantirishlarga qaramasdan, muxlislar bilan ijobiy ishlar olib bormagani 23-tur o‘yinida yaqqol bilindi.

Shuni inobatga olib, Musobaqalar reglamentining “Klublar, klublar rahbarlari va futbolchilar majburiyatlari” bo‘limining 8.3 bandini, qolaversa, “Intizomiy va jarimalar kodeksi” 1-bo‘lim 5.9 bandini qo‘pol ravishda buzgani uchun avvalgi ogohlantirishlar inobatga olingan holda “Navbahor” FK 25 000 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi. 

Agar ushbu holat yana bir bor takrorlansa, “Navbahor” klubi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz – bo‘sh stadionda o‘tkazadi.  

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:46, 17.09.2018.
O'qildi: 5922 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик