Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Bu borada ham Mourinyo birinchi yoxud eng serxarajat murabbiylar top-10 (fotogalereya)

Bu borada ham Mourinyo birinchi yoxud eng serxarajat murabbiylar top-10 (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Mana, navbatdagi yozgi transferlar bozori har tomonlama sarhisob qilinmoqda. Xususan, butun faoliyatlari davomida futbolchilar xaridiga eng ko‘p sarflagan murabbiylar reytingi ham yangilandi.

Ayni payt o‘ziga xos ushbu ro‘yxatning eng yuqori nuqtasida Joze Mourinyo turibdi. Portugaliyalik mutaxassis turli jamoalar («Portu», «Chelsi», «Inter», «Real», yana «Chelsi» va «MYU»da jami 96 nafar futbolchi xaridi uchun naq 1,52 milliard yevro sarflagan.

Xo‘sh, bu reytingda yana kimlar bor, qanday diqqatga sazovor faktlarni alohida ko‘rsatish mumkin?

* Eng serxarajat murabbiylar reytingini hamon Joze Mourinyo boshqarib turibdi. Vaholanki, «MYU» oxirgi transferlar bozorida xaridlar uchun «Benazir» o‘ylaganidan ancha kam ajratdi.

* Karlo Anchelotti faol faoliyatga qaytdi, biroq reytingdagi 2-o‘rinni yaqin orada bo‘shatib qo‘ysa kerak. Chunonchi, Xosep Gvardiolaning italiyalik hamkasbiga yetib olishi uchun atigi 50 million yevro qoldi.

* Agarda 2008 yil, ya’ni Xosep Gvardiolaning «Barselona» boshqaruvidagi ilk mavsumidan keyingi transferlarni inobatga olsak, aynan kataloniyalik mutaxassis eng serxarajat murabbiy maqomini oladi.

* Arsen Venger va Klaudio Ranyeri ayni payt ishsiz, aniqrog‘i, ular nafaqaga chiqishga yaqinlar. Roberto Manchini esa Italiya milliy jamoasi boshqaruvini qo‘lga oldi. Demakki, yaqin orada ularning transferlar bobidagi xarajatlari miqdori oshmaydi.

* «Nyukasl» xo‘jayini Mayk Eshli ispaniyalik Rafael Benitesning ushbu ro‘yxatning kuchli uchligidan joy olishiga mutlaqo qarshi, albatta.

* Manuel Pellegrini va Unai Emeri misoli shuni ko‘rsatmoqdaki, «murabbiy sotib oldi» yoki «murabbiy sarfladi» tushunchasi aslida shartli ma’noga ega. Hattoki, Angliyada ham faqat bosh murabbiy talabi bilan futbolchi xarid qiladigan yoki sotadigan klub qolgani yo‘q.

* Germaniyalik Yurgen Klopp ushbu reytingning 13-qatorida, Luchano Spalletti 16-o‘rinda, Maurisio Pochettino esa 28-pog‘onada. Rossiyalik murabbiylar orasida xarajatga eng moyillari - Qurbon Berdiyev (79-o‘rin), Yuriy Syomin (98-o‘rin) va Leonid Sluskiy (114-o‘rin).

1. Jami xarajat

2. Jami xaridlar soni

3. Eng qimmatbaho xarid

Joze Mourinyo

1,52 mlrd. yevro

96 nafar futbolchi

Pol Pogba

«Yuventus» > «MYU» (2016 yil, 105 mln. yevro)

 

Karlo Anchelotti

1,20 mlrd. yevro

82 nafar futbolchi

Garet Beyl

«Tottenxem» > «Real» (2013 yil, 101 mln. yevro)

 

Xosep Gvardiola

1,15 mlrd. yevro

52 nafar futbolchi

Zlatan Ibragimovich

«Inter» > «Barselona» (2009 yil, 69,5 mln. yevro)

 

Manuel Pellegrini

1,04 mlrd. yevro

83 nafar futbolchi

Krishtianu Ronaldu

«MYU» > «Real» (2009 yil, 94 mln. yevro)

 

Massimiliano Allegri

1,01 mlrd. yevro

87 nafar futbolchi

Krishtianu Ronaldu

«Real» > «Yuventus» (2018 yil, 117 mln. yevro)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:30, 20.09.2018.
O'qildi: 5300 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик