Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Sport kurashlari. Tarixda ilk marotaba qizlarimiz yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga chiqishdi

Sport kurashlari. Tarixda ilk marotaba qizlarimiz yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga chiqishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Jahon kubogi
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, Slovakiyada sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishmoqda.

Ayollar kurashi bo‘yicha bahslarda sportimiz tarixida ilk marotaba qizlarimiz yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining finalida ishtirok etishadi. Aktenge Keunimjayeva (-53kg) va Nabira Yesenbayeva (-62kg) bugun oltin medal uchun bahslarda yaponiyalik raqibalariga qarshi gilamga chiqadilar.

Ma’lumot uchun, Aktenge musobaqa davomida Bolgariya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, AQSH sportchilarini mag‘lubiyatga uchratdi. Nabira esa Qozog‘iston, Belorus hamda Italiya vakillaridan ustun kelib, finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Nabira Yesenbayeva shu yili kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida -57kg vazn toifasida va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida -59kg vazn toifasida kumush medalga ega chiqqandi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:56, 21.09.2018.
O'qildi: 2151 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик