Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

A seriya. VAR 3ta golni bekor qildi, «Inter» so‘nggi soniyalarda g‘alabani ilib ketdi

A seriya. VAR 3ta golni bekor qildi, «Inter» so‘nggi soniyalarda g‘alabani ilib ketdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 5-turi doirasida "Inter" safarda "Sampdoriya" mehmoni bo‘ldi. Muxlislar juda qiziqarli o‘yin guvohiga aylanishdi. Har ikkala jamoa hujumkor o‘yin ko‘rsatishdi, to‘p maydon markazida deyarli saqlanib qolmadi.

E’tiborli tomoni, hakamlar bu o‘yinda videotakrorlar orqali 3ta golni hisobga olishmadi. Birinchi bo‘limda "Inter" hisobni ochgandi, ammo golli hujumda ofsayd yuzaga kelgani aniqlandi.

O‘yinning 86-daqiqasida Asamoa "Sampdoriya" darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq jamoadoshi unga pas berishdan oldin to‘p maydonni tark etgan ekan. Oradan 3 daqiqa o‘tib mezbonlar gol urishdi. Gregori Defrel darvozani ishg‘ol qilishdan avval to‘pni ofsaydda qabul qilgan ekan.

Uchrashuvga qo‘shib berilgan 4-daqiqada "Inter" g‘alaba to‘pini kiritdi. Jarima to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin darvozabon mushti bilan to‘pni urib yubordi. Marselo Brozovich to‘pni egalladi va 12 metrlardan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Spaletti jamoasi biroz o‘ziga keldi va 7 ochko bilan jadvalda 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Italiya A seriyasi, 5-tur
Sampdoriya – Inter 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Brozovich.
Sampdoriya – Audero, Tonelli, Murru, Bereshinski, Andersen, Prat (Barreto, 59), Ekdal, Ramires (Sala, 90), Linetti (YAnkto, 59), Kualyarella, Defrel.
Inter – Xandanovich, Miranda, Shkrinyar, D`Ambrozio, Asamoa, Vesino, Brozovich, Nainggolan (Valero, 83), Kandreva (Keyta Balde, 70), Politano (Perishich, 60), Ikardi.
Ogohlantirishlar: Linetti (6), Miranda (20), Valero (90), Defrel (90), Tonelli (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:44, 23.09.2018.
O'qildi: 4276 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.